Ilk va maktabgacha yosh davrlarining inson hayotida tutgan oʻrni



Yüklə 12,65 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü12,65 Kb.
#134984
Surdo referat


Ilk va maktabgacha yosh davrlarining inson hayotida tutgan oʻrni
Reja;

  1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari

  2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi va xususiyatlari

  3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari

Insonning rivojlanish davri ona qomidan boshlanadi. Bola ona qornida to'qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqivot davrini o‘taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta'siming ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. Go'dakning vazni tug'ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo'lgan bo'lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo'l- ganda esa taxminan 7 kg, bo'yi 64 sm bo'ladi. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim.


Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish. anglash. harakatlami idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham go'daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo'lgan davrda bolaning nutqi va tafak- kuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda dastlabki so'z- larni ayta boshlavdi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go'dakni to'g'ri parvarish qilishni yo'lga qo’yishlari lozim. "Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo'lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlaming nomini to'g'ri talaffuz qilib, ularning nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun keng yo‘1 ochishlari kerak. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o'rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o'z holiga tashlab qo'ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi.Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o'rganadi. kuzatadi va o'zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o'rganadi. Biz bolani nimaga o'rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi. Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘z- galar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo‘lib qo‘- shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida о‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Ilk yosh tarbiyalanuvchilari (1-2 yoshli bola) jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi bolaning sog’ligini mustahkamlash, ularning tana a’zolarini chiniqtirish, ularda asosiy harakat turlarini rivojlantirish, bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining oldini oluvchi harakatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish hamda barmoqlarining mayda muskullarini, yurish va harakat qilishning ayrim ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.Ilk yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
1) kerakli masofaga, o‘rindiq va halqaning tagiga emaklash, bir metr uzunlikdagi zinaga kattalarning yordamida chiqish va undan tushish;
2) tayanchs iz to ‘g‘ri у o ‘nalishda va yerda уotgan taxtacha ustidan, у о‘ lkachadan, qiya (o‘n-o‘n besh sm yuqoriga ko‘tarilgan) taxtachadan yurish, o‘n sm balandlikdagi sath ustiga chiqish va undan tushish; pol, yerdagi yoki besh-o‘n sm balandlikda joylashgan arqon, xoda yoki taxtacha ustidan o‘ta olish;
3) to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish;
4) uncha katta bo‘ lmagan tepalikdan koptokni dumalatish, uni oldinga, yuqoriga irg‘itish. Qalamni yoki mo'yqalamni ushlab turish, ular bilan (aji-buji) chiziqlar chizish.
5) uch va undan ortiq qismlardan iborat minoralar qurish, qopcha va qutichaga mayda predmet va o‘yinchoqlami solish va ularning ichidan olish.
6) o‘z-o‘ziga xizmat qilish, qoilarini yuvish, cho‘milishga ijobiy mu- nosabatda bo‘lish, piyoladan choy ichish, mustaqil yuz-qoilarini yuvish va artish.
Ilk yosh guruh (2—3 yoshli bolalar) tarbiyalanuvchilari bilan jismo- piy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to'g'ri rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli xilda- gi m ashg'ulotlarning jismoniy mashq va harakatli o'yinlar bilan qo'shib olib borilishi bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam beradi.
Mashg‘ ulotlar to’g‘ ri tashkil etilsa, qiziqarli, ibratli jihatlari oshirilsa, bolalar o'z vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina, jismoniy mashqlaming samaradorligi ortadi. Mashg‘ulotda eng muhimi mashq va o‘yinlaming to'g'ri taqsimlanishidir. Bunda mashg'ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko‘zda tutgan maqsadni hisobga olib, bola tanasining m a’lum qismlariga har tomonlama ta’sir o'tkazish zarur. Shu jumladan, mashg‘ulotlar unumdorligini oshirish maqsadida turli mashqlarni bir-biri bilan bog’ lash ham muhimdir.Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim.
Jumladan: ilk yosh guruhida:
- har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida);
- yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish;
- kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Ilk yoshda bolalar bir-biri bilan o'ynaganda xalaqit bermaslik, o'yinchoqni tortib olmaslik, kerak boʼlsa so‘rab olish, o'rtog'i o‘ynab bo‘lguncha kutib turish kabi xususiyatlarni o‘zlariga singdirib borishadi. Natijada bolalarda ijobiy munosabatning dastlabki shakllari namoyon bo‘la boshlaydi, birga o‘ynash istagi paydo bo‘ladi. Tarbiyachi esa, o’z navbatida bunday ijobiy munosabatni, birgalikdagi faoliyatni rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq.
Ilk yosh guruhida:
1. Kattalar mehnatiga qiziqishni tarbiyalash.
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining mehnat jarayonlari bilan tanishtirish. 3. Bolalarga kattalarning mehnatini hurmat qilish tuyg'usini shakllantirish.
Topshiriq - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatini tashkil etishning boshlang'ich shakli hisoblanib, barcha yosh guruhlarida qo‘llash imkoniyatini beradi. Ilk va kichik yosh guruhlarida bolalarga uncha murakkab bo‘lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: “0 ‘yinchoqni, kitobni, stulni olib kel. joyiga olib borib qo‘y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo‘yib chiq”. Estetik tarbiya - shaxsda tabiat, mehnat, ijtimoiy munosabatlardagi go'zallikrti estetik ideal nuqtayi nazaridan idrok etish va baholash, shuningdek, voqelikni go'zallik qonunlariga ko'ra o‘zgartirish ehtiyojini his etish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan muntazam ta’sir jarayonidir ¹. Maktabgacha ta’lim yoshining turli davrlari bilan bog'liqlikda estetik tarbiyani amalga oshirishning o'ziga xosliklari ham aniq namoyon bo‘ladi. Ilk yoshli bolalarda hali ularning estetik tarbiyasi to’g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g'risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo' ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda hissiy kechinmalaming shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi.Kattalaming ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishiga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alo- mati yoki ho‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari bolalarda shu buyumgayoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
Tarbiya-bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar tomonidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi.Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she'rlar aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlarini idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yetakchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha harakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta qiziquvchan bo'Iadi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Yüklə 12,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin