24.03.2023, 19:42
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244217#-3244922
7/10
31. Izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida
tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi bo‘lgan taqdirda, OAKdan
belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim.
5-bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Kengashda himoya qilish
32. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan
muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng uni ko‘rib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati
bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.
Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha Ilmiy kengash bo‘lmagan
taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib,
dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash bo‘lmaganda
esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
33. Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga o‘zlari
ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik, idoralarning rahbarlariga o‘z
tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya
qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bog‘liq masalalar
OAK tomonidan hal etiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami
2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-
4/0051-son)
OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
33 . Dissertatsiyani Ilmiy kengashda dastlabki ko‘rib chiqish, himoyaga qabul qilish va
dissertatsiyaning oshkora himoyasini o‘tkazish hamda dissertatsiya va attestatsiya ishini
OAKga taqdim etish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi
nizomga
(ro‘yxat
raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) muvofiq amalga oshiriladi.
(33 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.)
qaroriga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son)
Dostları ilə paylaş: