24.03.2023, 19:42
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244217#-3244922
6/10
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik)
hujjatlari — ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga berilgan patentlar shu fan tarmog‘i rivojlangan
xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida e’lon
qilingan maqolalarga
tenglashtiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma taboq
hajmdan iborat bo‘lgan yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan
3 ta (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) maqolaga tenglashtiriladi,
ijtimoiy-gumanitar
fanlar sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab bo‘yicha e’lon qilingan
monografiya bundan mustasno.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami
2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-
4/0051-son)
O‘quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e’lon
qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.
22. Talabgor tomonidan dissertatsiya bo‘yicha avtoreferat tayyorlanadi.
Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar ro‘yxati xronologik
tarzda quyidagi tartibda
keltiriladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
birinchi bo‘limda — ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk
obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar);
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
ikkinchi bo‘limda — dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.
23. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar
dissertatsiya mavzusiga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr
qilinganligiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to‘liq yozilishi va
maqolalar e’lon qilingan jurnal yoki to‘plamlarning sahifalari aniq ko‘rsatilishi lozim.
Nashrga
topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya
avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
24. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo‘lsa,
u har bir
hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan o‘z dissertatsiyasida qisman
yoki to‘la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
25. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: