Ilmiy darajalar berish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish



Yüklə 435,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix11.11.2023
ölçüsü435,66 Kb.
#131777
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)

6-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish
34. Talabgor dissertatsiyani ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy
kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish
to‘g‘risidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir,
o‘zga materiallardan ularning muallifi va manbaini ko‘rsatmasdan foydalanganligini Ilmiy
kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno.
Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish to‘g‘risidagi qarori
talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.
35. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u
qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
36. Talabgor o‘z dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni so‘rab, Ilmiy kengashga yozma
ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan
hujjatlarni qaytarishga ko‘rsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan
dissertatsiya avtoreferatining bir nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish
paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular so‘rovnoma asosida
himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
37. Dissertatsiya himoyasi natijalari bo‘yicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan
taqdirda, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning
nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning
Axborot-resurs markazi fondidan olib qo‘yiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida
saqlanadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami
2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-
4/0051-son)
Dissertatsiya bo‘yicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi,
obyektiv-ma’lumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish
natijalari Ilmiy kengashda qoladi va so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga
yuborilishi mumkin.
Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan
e’tiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya
avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.
38. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy bo‘lganda
yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin
kamida 6 oy o‘tgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi
mumkin.
1
1

Yüklə 435,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin