Ilmiy darajalar berish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish



Yüklə 435,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix11.11.2023
ölçüsü435,66 Kb.
#131777
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)

9-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish
yoki uni tiklash
10-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish
11-bob. Yakuniy qoidalar


24.03.2023, 19:42
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244217#-3244922
9/10
10-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish
54. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning ilmiy darajani berish yoki berishni rad etish
to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellatsiya berishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslar ilmiy darajani berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy
attestatsiya organlari yoki ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy
fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish
(ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha OAK Rayosati
qarori yuzasidan OAKga apellatsiya berishi mumkin.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami
2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-
4/0051-son)
Apellatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida berilishi mumkin.
55. Apellatsiya bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.
56. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellatsiya bo‘yicha Ilmiy
kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK Tartib-qoida
komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur
hollarda, OAKda mazkur masalani ko‘rib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan
mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi OAK
Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
57. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellatsiya
komissiyasi xulosalari ko‘rib chiqiladi va apellatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
58. OAK Rayosatining apellatsiya bo‘yicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellatsiya
bergan shaxslarga, shuningdek Ilmiy kengashga yuboriladi.

Yüklə 435,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin