2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar
keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda
qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va
belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
Oldingi tahrirga qarang. dissertatsiya bajarilgan muassasa — ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan
dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa sifatida
tasdiqlangan muassasa;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1879/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-4, 21.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 10/22/2894-4/0051-son) Oldingi tahrirga qarang. ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining
tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-texnik jihatdan
baholash;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28- iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) ilmiy rahbar — ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik
yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-
pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan
nomzodi yoki falsafa doktori (PhD);
Oldingi tahrirga qarang.