Ilmiy darajalar berish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 435,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix11.11.2023
ölçüsü435,66 Kb.
#131777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)

ilmiy konsultant
— fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib
borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan
tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2894-
3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
apellatsiya
— ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan
mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.
2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur
Nizomning 
5-bandi 
talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga,
ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy
ma’lumotga farmatsevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — farmatsevtika sohasi
bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish —
veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1,
22.12.2017-y.) 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-
1/0445-son)
3. Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida
tayyorlanadi.
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga ko‘ra
o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga
oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy
kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va
dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli 
qarori 
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)

Yüklə 435,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin