24.03.2023, 19:42
2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244217#-3244922
3/10
4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya
qilishga qo‘yiladi.
5. Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi
asosida
OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz
ilmiy daraja berilishi mumkin:
fan va texnologiyalarni
rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va
ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan kamida uchta ixtiro yoki seleksiya yutug‘i
muallifiga fan doktori (DSc) ilmiy darajasi;
fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan uchtagacha ixtiro yoki seleksiya yutug‘i
muallifiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi;
Oldingi
tahrirga qarang.
salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli
darajada yuqori va xalqaro
tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy
maqola chop ettirgan mutaxassisga,
eksperiment tariqasida, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi
(ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilgan holda);
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro
tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy
maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli
qarori
(ro‘yxat raqami 2894-3,
19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ixtiro yoki seleksiya yutuqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasi olinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-
oktabrdagi 23-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Xorijiy mamlakatlar ilmiy jurnallari impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan
tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yopiq mavzular bo‘yicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-
iyuldagi 16-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6. Talabgor o‘z dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya
qilganidan keyin Ilmiy
kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori OAKning fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert
kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga
olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
7. Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga
davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: