Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix13.11.2023
ölçüsü448,54 Kb.
#132483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ma’ruza 2-mavzu pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘



2-mavzu: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. 
 ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI.
Reja: 
1. Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari 
2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari. 
3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi. 
4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari. 
Tayanch so`z va iboralar

Pedagogika, pedagogikaning maqsad va vazifalari, pedagogikaning asosiy kategoriyalari,
pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va bog’liqligi, pedagogik fanlar tizimi, pedagogik ilmiy-
tadqiqot metodlari, suhbat, kuzatish, test, so’rovnomalar, eksperiment - tajriba-sinov, statistika ma’lumotlarini
tahlil qilish. 
Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari.
Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, 
"bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy 
manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan 
tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda 
ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - 
tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim 
- tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga 
kelishiga olib keldi.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- 
Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, 
Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik 
namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla 
Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos 
Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. 
Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar. 
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning 
mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
1.3. chizma 
Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, 
deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini 
ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda 

Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin