Farg’ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo’nalishi, 20.04-guruh talabasi Omonova Ozodaxonning “Muxtor sistemalar va chiziqli oʻzgarmas koeffitsientli bir jinsli sistemaning holatlar tekisligi” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan ro’yxatidan iborat bo’lib, kurs ishida Prezidentimizning ta’lim to’g’risida chiqargan qarorlari va bu qarorlarning matematikani rivojlantirishga qaratilgan boblari yoritilgan.
Xususan, matematika fanini rivojlantirish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar, fan olimpiadalarini g’oliblarini munosib taqdirlar, ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borayotgan tadqiqotchi yoshlar uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berish to’g’risida qarorlar keltirilgan.
Kurs ishi 33 bet hajmida yozilgan va unda ma’lumotlarning keng tahlili amalga oshirilgan va 6 nomdagi adabiyotlar ro’yxati keltirilgan, u zamonaviy darsliklarni, o’quv qo’llanmalarini, huquqiy-me’yoriy hujjatlarini va ko’pchilik tomonidan keng foydalanilayotgan internet saytlarini o’z ichiga oladi.
Kurs ishi 2 bobdan iborat. Birinchi bobda muxtor sistemalar haqida dastlabki tushunchalar, chiziqli oʻzgarmas koeffitsientli bir jinsli differensial tenglamalar sistemasi muvozanat (maxsus) nuqtasining klassifikatsiyasi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda chiziqli bir jinsli oʻzgarmas koeffitsientli sistemaning holatlar tekisligi, differensial tenglamalar sistemasining umumiy xossalari haqida maʼlumotlar keltirib o’tilgan.
Ushbu kurs ishida imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan, lekin bu kamchiliklar kurs ishi mazmuniga ta’sir etmaydi.
Kurs ishi talab darajasida yozilgan deb aytish mumkin. Ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ilmiy rahbar: Matematika analiz va differensial tenglamalar kafedrasi o’qituvchisi N.Mirolimova