Ilmiy seminar bayonnomasi termiz shahri Qatnashdilar: O‘zbek adabiyotshunosligi



Yüklə 34 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü34 Kb.
#122780
Ilmiy seminar bayonnomasi termiz shahri Qatnashdilar O‘zbek ada


O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi 5A120101 Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar


BAYONNOMASI


Termiz shahri
Qatnashdilar:
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Arslonov, dots. N.Yo‘ldoshev va 5A120101 Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalari


KUN TARTIBI:
5A120101 ­­­­- Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti magistratura mutaxassisligi 2-kurs magistr talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan izlanishlari bo`yicha ilmiy seminar muhokamasi.
ESHITILDI:
Ushbu seminarni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani A.Esanov ochib berdi. U o‘z so‘zida 2-kurs magistr talabalariga o‘tkazilayotgan ushbu seminarlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
SO‘ZGA CHIQDI:
Norqobilova Surayyo Abdullayevnaning ,,Abdurahmon Sa‘diyning adabiyotshunoslikka doir maqolalari tahlili’’ mavzusidagi taqdimoti bilan chiqish qildi. Qatnashchilar mavzuning dolzarbligi va zarurati haqida ma‘lumotga ega boldi.
Savollar yuzasidan munozaralar tashkil qilindi. Ilmiy seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Shuningdek seminarda O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchilari magistr talabalarning ilmiy seminar mavzulari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ko‘rsatib, tushuntirishlar berishdi.
Ushbu ilmiy seminar magistr talabalarining kelgusi ilmiy izlanishlari uchun poydevor vazifasida xizmat qilib, ilmiy tadqiqotlarini amaliyotda qo`llashda bevosita yordam bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
QAROR QILINDI:

  1. 5A120101 ­­­­- Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistr talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan izlanishlari bo`yicha ilmiy seminari ma’lumot uchun QABUL QILINSIN.

  2. 5A120101 ­­­­- Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistr talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan izlanishlari bo`yicha ilmiy seminari qoniqarli deb TOPILSIN.

Yig`ilish raisi: Yo‘ldoshev N.


Yig`ilish kotibasi: Hafizova F.
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin