Ob’ektga nuqtadan ob’ektlarga perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish
V nuqtadan AT urinmaga perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilsin.
AT kesmaga V nuqtadan parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, V nuqta kiritiladi. «Ob’ektga parallel bog‘lanish» buyrug‘ining tugmasi kursor bilan yuklanadi va kursor AT kesmani ustiga keltiriladi. Shunda, kesmaning ustida sariq rangli parallellik belgisi paydo bo‘ladi. Bu belgi kuzatilgach, kursor V nuqtaga yaqinlashtiriladi. Shunda, V nuqtadan o‘tuvchi nuqta-nuqta ko‘rinishida AT ga parallel chiziq paydo bo‘ladi va shu vaziyatda «Sichqon» ning chap tugmasi yuklansa, V nuqtadan AT kesmaga parallel bo‘lgan t1 to‘g‘ri chiziqyasaladi. V nuqtadan AT urinmaga perpendikulyar o‘tkazilsin.
Bu perpendikulyarni o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga V nuqta kiritiladi. Ikkinchi so‘ralgan nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektga perpendikulyar bog‘lanish» buyrug‘ining tugmasi yuklanadi va kursor AT(t) urinmaga yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan nuqtaga etib kelmasdan, AT kesmaga tushirilayotgan perpendikulyarning asosini sariq rangli perpendikulyarlik belgisi bilan avtomatik belgilanadi. Bu belgini kursor bilan bog‘lab, «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, perpendikulyar chizilib qoladi.
R nuqtasi t1 to‘g‘ri chiziqning chap uchida yotuvchi AR kesma yasalsin. AR kesmani yasash uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A nuqta kiritiladi. R nuqtani kiritish uchun «Ob’ektni chetki nuqtalariga bog‘lanish» buyrug‘ining tugmasi kursor bilan yuklanadi va kursor t1 to‘g‘ri chiziqning chap uchiga yaqinlashtiriladi. Shunda, uning chetki nuqtasi sariq rangli kvadratcha bilan belgilanib qoladi. Bu belgini kursor bilan bog‘lab izlanayotgan AR kesma yasaladi.
Shunday qilib ob’ektlarga bog‘lanish buyrug‘ining imkoniyatlaridan foydalanib, ularni harakterli nuqtalari bilan osongina bog‘lanish mumkin ekan. Bunday bog‘lanishlar absolyut aniqlikda bajarilgan bo‘ladi, ya’ni xech qanday hatolik bo‘lmaydi.