Obyektga bog‘lanish buyryqlari panelidan o‘rin olgan buyruqlar.
V (men bilgan)
- (men bilganga zid)
+ (men uchun yangi)
? (menga tushunarsiz)
9-MAVZU: «ШТРИХОВКА» BUYRUG‘IDAN FOYDALANISH (2D VA 3D MUHITDA)
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash buyrug‘i va undan foydalanish algoritmini, 2D va 3D formatda yuzalarni shtrixlash o‘rgatish.
Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savollar
-kompyuterda kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash hamda chizmaga oid yozuvlarni bajarish mumkinmi?
-proektsion chizmachilik vazifa chizmalarini bajarish mumkinmi?
Qirqim va kesim yuzalarini shtrixlash
Geometrik, proektsion, mashinasozlik, qurilish va arxitektura chizmachilik tasvirlarida kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash, matn yozuvlari yozish va ob’ektlarni ko‘chirish, burish hamda, masshtabini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Kesim va qirqim yuzalarini shtrixlash buyrug‘idan foydalanib chizmadagi biror ob’ekt yoki konturning ichki sohasi shtrix qilinadi. AutoCAD dasturlari kesim va qirqim, aylana va ko‘pburchaklarning yuzalarini ob’ekt deb qabul qiladi. Ob’ektlarning o‘zaro kesishuvidan hosil bo‘lgan berk sohani esa, kontur deb qabul qiladi.
Bu buyruqdan foydalanib ekrandagi biror ob’ektni yoki konturni ichki berk sohasi quyidagi algoritm asosida shtrix qilinadi:
1. «Shtrixovka» buyrug‘i «Sichqon» yordamida yuklanadi, shunda ekranda muloqatlar oynasi «Shtrixovka i gradient» darchasi paydo bo‘ladi, 1-rasm.
Undagi «Shtrixovka» vkladkasi (uning o‘zi yuklangan holda ham bo‘lishi mumkin) yuklanib,
«Obrazets» yacheykasidagi tugma yuklanadi. Undan kerakli shtrix namunasi «Sichqon» yordamida tanlanadi va yuklanadi. Tanlangan shtrixni «Struktura» - namuna yacheykasida kuzatish mumkin. Darchaning o‘ng tomonidagi «Dobavit: tochki vыbora» yoki «Dobavit: Vыbrat ob’ektы» tugmasi yuklanadi.
1-rasm
«Ichki nuqtasini ko‘rsating», ya’ni konturning ichki sohasida biror nuqta tanlashni so‘raydi. Agar
«Dobavit: vыbrat ob’ektы» tugmasi yuklansa, darcha yo‘qolib ekranda chizma va muloqatlar qatorida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
«Ob’ektni ko‘rsating», ya’ni ob’ektning chegaralovchi barcha chiziqlarini ketma-ket belgilab chiqishni so‘raydi.
Kvadrat nishoncha bilan «Sichqon» yordamida ob’ektni chegaralovchi chiziqlari yoki konturning biror ichki soha nuqtasi yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi.
Shunda, yana dastlabki darcha paydo bo‘ladi va undagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. Natijada, oldindan ko‘rib chiqish uchun ekrandagi ob’ektning tasviri shtrixlangan holda paydo bo‘ladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bermasa, sichqonning o‘ng tugmasini bosib yoki, «Enter» tugmasi yuklanadi va yana ekranda darcha paydo bo‘ladi. Undagi
«Ugol» va «Masshtab» yacheykasidagi burchak va shtrix chiziqlari orasidagi o‘lchamlar qiymati kerakli qiymatlarga o‘zgartiriladi. YAna bir bor darchadagi «Obrazets» tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanib, shtrix tasviri qayta ko‘rib chiqiladi. Agar, shtrix tasviri talabga javob bersa,
«Sichqon» yoki «Enter» tugmasini yuklab darchaga qaytiladi, 49-rasm.
Darchadagi «OK» tugmasini «Sichqon» yordamida yuklab, ekranda berilgan ob’ekt yoki konturning shtrixi bajariladi.