Blum taksonomiyasi - Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum (1913-1999) tomonidan asos solingan savol va topshiriqlar tizimi – bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng tarqalgan. O‘quv Maqsadlari taksonomiyasi- o‘quvchilar o‘zlashtirishining ma’lum bir darajasidan darak beruvchi konkret harakatlari, mazmunan obyektlarni tabiiyo‘zaro bog‘liqlik asosida murakkablashib borishini ketma-ket joylashtirish orqali turkumlashtirilishi yoki tizimlashtirilishi. Taksonomiya Borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasidir.
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchi (talaba)lar ushbu zamonaviy ta’lim usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to‘laqonli saboq olishlari va fanni tegishli bosqichda yaxshi (a’lo) o‘zlashtirishlari uchun ular gimnaziya (maktab, lisey, kollej) dasturi hajmida hamda o‘rganilayotgan fan haqidagi bir qancha tayanch bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Ya’ni, iqtisodiyot asoslari, matematika, ona tili va adabiyot, tarix kabi maktab dasturiga oid fundamental bilimlami puxta o‘zlashtirib olishlari kerak. Chunki fundamental bilim doirasiga ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo‘lib, u bilan qandaydir bir soha haqida fikr almashish va uning dunyoqarashini (bilim doirasini) tegishli yo‘nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin.
Agar bunga ba’zi bir obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra imkoniyat bo'lmasa, o‘quvchi (talaba)lami fundamental yo‘nalishlaming tegishli sohalarida boshlang'ich tayyorlash va ularga lozim bo‘lgan bilimlar majmuasini berish zarur bo’ladi. Masalan, universitetda iqtisodiyot bo‘yicha dars o‘tilishi kerak bo‘lsa, ularning maktab dasturi doirasida nimalarni o‘zlashtirganlari, qaysi yo‘nalishga ko‘proq ahamiyat berilganligi, qaysi yo‘nalishlar esa nazardan chetda qolganini aniqlab olish iqtisodiy ta’lim berishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Agar talabalar bu aniqlash (o‘rganish) natijasida mos guruhlarga bo‘linib, maqsadli o‘qitilsa, natijalar yana ham ko‘zga ko'rinarli bo‘lishi mumkin. Samarali ta’lim muhitini yaratish rejalashtirilgan holat (muhit) da guruhdagi talabalar bilan bevosita munozara va faol fikr almashinish amalga oshirilganda uni yanada samarali qilish uchun quyidagilarga ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir:
a) tinglovchilardan qanday javoblar kutayotganingizni o‘z so‘zlaringiz, jonli misollaringiz va boshqa usullar bilan bildirishingiz talab qilinishi mumkin. Ko‘pincha talabalar Siz bergan savollarga qisqa, lo‘nda, yaxshi o‘ylanmagan, sayoz va mavhum javoblar bersa, Siz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishingiz hamda mashg‘ulotni kerakli yo‘nalishga burib yuborish uchun harakat qilishingiz lozim bo‘ladi;
b) ba’zi paytlarda Sizga munozara yo‘nalishini yana o‘rganilayotgan matn (fakt, hodisa, qoida)ga qaratishingiz ham zarur bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol munozara butunlay boshqa mavzu tomonga burilib va o'zgarib ketgan holatlarda kerak bo‘ladi;
d) tinglovchilarga o‘quvchilarda har bir masala bo‘yicha xilma-xil jiivob (fikr, munosabat)lar mavjud bo‘lishiga hurmat uyg'otish ham munozarani jonli ravishda rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu hol talabalaming tajribalari, hayotiy ko‘nikmalari va qiziqishlari xilma-xil bo‘lgani uchun tabiiy ravishda yuzaga keladi. Bunda ularning kutilmagan «noklassik» savollarign undov berish va ularni ijobiy-ijodiy jihatdan muhokama qilish hamda kerakli yo‘nalishda rivojlantirish yaxshi natijalarga olib keladi;
e) tinglovchilar-talabalarning javoblarini «to‘g‘rilash»ga urinish ko‘pincha yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Bu ularni boshqalar oldida noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ularning javoblarini amaliy tajribasini hisobga olgan holda nazardan kechirsak, bundan o‘ziga xos bir ma’no topishimiz mumkin, albatta. Har qanday javobni ham qo‘llab-quwatlab, uning yaxshi tomonlarini, ratsional mag‘zini topa olish va buni o'quvchilarga ko‘rsatish ularda o‘z-o‘ziga ishonch uyg'otadi hamda ularning fikrlash jarayonini faollashtiradi. Bunda «Ishlagan odam yanglishadi» deb ba’zi o‘quvchi va talabalarga tasalli berish ham ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.