Individual loyiha ishi


O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo'llanma tayyorlash



Yüklə 213,62 Kb.
səhifə8/12
tarix03.12.2023
ölçüsü213,62 Kb.
#138060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Komiljon TEMIROV (Loyihas ishi)

O‘qitish bo‘yicha talabalar uchun maxsus qo'llanma tayyorlash
Bunday turdagi qo‘llanmalar tayyorlash o‘qituvchi boim agan taqdirda ham (yoki shunday sharoitni sun’iy ravishda yaratib) talabalaming o‘rganishlariga va bilim olishlariga asos yaratib, ularning ilmiv izlanishlar olib borish malakalarini rivojlantiradi. Masalan, ular mustaqil ravishda biror-bir narsani, hodisa yoki mavzuni o‘rganmoqchi bo‘lsalar bu juda ham qo‘l keladi. Oldindan aniq berilgan savollar mavjud boigandatalabalaming diqqat-e’tibori matnda u yoki bu yerda tarqoq holda berilgan m a’lumotlarga, dalillarga va qoidalarga yo‘naltiriladi hamda bu hoi ulaming sohani chuqurroq o‘zlashtirishlariga va ijodiy fikrlashlariga yordam beradi. Tegishli matn parchasi o’qib bo’linganidan so‘ng, qisqa muddatli munozara uyushtiriladi. Tanqidiy munozara qila olish qobiliyatini rivojlantirish va fikrlash jarayonini mukammal tashkil qilish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu turdagi qo‘llanmalar quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin:
a) ular talaba (o‘quvchi)larga matndagi muhim, ammo unchalik ko‘zga tashlanmaydigan fikr va g’oyalami ilg‘ab olishga imkon beradi. Oddiy holatlarda talabalar bunday fikr va ma’lumotlarni unchalik tushunmaydilar yoki tub mohiyatiga eta olmaydilar;
b) ushbu turdagi qo‘llanmalar va yozma materiallar ta’lim olishning hamma bosqichlarida yuqori darajadagi va sermahsul o‘ylash jarayonini rivojlantirishga olib keladi hamda pirovard natijada o‘quvchilaming ta’lim samaradorligini va saviyasini sezilarli darajada oshiradi;
d) bunday yozma manbalar va qoilanm alar talabalaming bo’lajak munozara hamda yozma ishlari uchun o’ziga xos imkoniyat (vositachi) vazifasini bajaradi.
Navbatdagi (Fikrlov) bosqichda oldingi bosqichlarda qo'llanilgan ko'pgina usullarni qaytadan ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu aqliy (mental) ko‘rinishga ega bo‘lgan bosqichda qo’llanilishi mumkin bo'lganba’zi bir usul va uslubiyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Asosiy atamalar: Agar matnni yoki mavzuni mutolaa qilishdan oldin talaba (o‘quvchi) larga unda uchraydigan asosiy atamalami va so‘zlarni umumiy ravishda izohlash talab qilinsa hamda ular konkret matnda qanday ma’noda ishlatilganligi so‘ralsa, matnni o‘qib boigandan so‘ng ulardan «Bu so‘z, atama, so‘z qismlarini yana qayerlarda va qanday m a’nolarda ishlatsa bo‘ladi?» -degan savol bilan murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalar va o'qituvchi orasidagi qizg'in munozara hamda fikr almashinuv uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 213,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin