Inform atika va axborot texnologiyalari



Yüklə 10,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/152
tarix19.11.2023
ölçüsü10,44 Mb.
#133241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152
informatika-va-axborot-texnologiyalari.(Abdullaev)

A iisher N avoiy


1.5. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
ULARNING TURLARI
Texnologiya
so‘zi grekchadan tarjim a qilinganda 
san'at, ustalik, malaka m a’nosini anglatadi. Texnikada 
texnologiya deganda m a’lum kerakli moddiy mahsu- 
lotni hosil qilish uchun usullar, m etodlar va vosita­
lar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. 
Texnologiya ob’ektning dastlabki, boshlang‘ich ho- 
latini o ‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga 
javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sut- 
dan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, 
yog6 va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar 
boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu ax­
borotga ishlov berish natijasida yangi sifatga ega axborot 
mahsulotini olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologi­
ya» tushunchasining m a’nosi saqlanib qoladi. Faqat unga 
«axborot» so6zini q o 6shish mumkin. Bu narsa axborotni 
qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki 
axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta ’riflash mumkin. 
Tex­
nologiya
- bu sun’iy ob ’ektlami yaratishga y o ‘nalti- 
rilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlar- 
ning kerakli yo 6nalishda borishini ta ’minlash uchun 
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etil- 
ganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu 
yerda tabiiy jarayonlar nafaqat m oddaning tarkibi, tu­
zilishi va shaklini o 6zgartirish maqsadida, balki axborot­
ni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish m aqsadida 
ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiya- 
sini quyidagicha ta ’riflash mumkin.
A xb o ro t texnologiyasi
- bu axboriy m a’lumotni bir 
k o 6rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi k o 6rinishga 
keltirish, axborotni yig 6ish, qayta ishlash va uzatishning 
usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
18


M oddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi 
insonning talabini qondiradigan yangi m ahsulot ishlab 
chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi 
esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo ‘ Igan, 
uni tahlil etish v a u asosida qaror qabul qilish uchun 
kerak bo ‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat 
(1.4-rasm). Turli texnologiyalarni qoTlab, bitta moddiy 
resurslardan turli m ahsulotlar olish mum kin. Xuddi shu 
narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish 
mumkin. M isol: m atem atikadan nazorat ishini bajargan- 
da har bir o ‘quvchi boshlang‘ich axborotni qayta ishlash 
uchun o ‘zining bilim ini qo ‘llaydi. M asalaning yechim i 
bo ‘lgan yangi axborot m ahsuloti, o‘quvchi tanlay olgan 
masalani yechish texnologiyasi, usuliga b og6liq.
M ahsulot
M oddiy resurs
A xborot
m ahsuloti
M a ’lum otlar
A xborot texnologiyasi
M oddiy ishlab chiqarish 
texnologiyasi
1 . 4 - r a s m . M o d d i y i s h l a b c h i q a r i s h v a a x b o r o t t e x n o l o g i y a l a r i
M oddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanok- 
lar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. A xborot texnologi­
yalari uchun ham o'zining «uskunalari», vositalari mav­
jud. Bular kompyuter, kseroks, telefon, faks, skaner va 
boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov 
berib, o ‘zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov be­
rish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng 
qoTlanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar 
va kompyuter tarmoqlarining qo‘llanilishiga urg‘u be­
rish m aqsadida ko ‘pincha kompyuter va kommunikatsion 
texnologiya haqida gapirishadi.
19


Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan 
axborot tizimlari bilan bevosita bogMiqdir. Chunki ax­
borot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan 
m a’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi 
operatsiyalar, amallar va algoritmlami bajarishdan iborat 
boMgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jam iyat axborot resurslari­
dan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri 
bo ‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bos- 
qichlami bosib o‘tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o ‘tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom et- 
gan. Bu bosqichda «Qo‘llik» axborot texnologiya taraqqiy 
etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommuni­
katsiya, y a ’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali 
xat vositasida amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» 
texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv 
mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo ‘lib, «Elek­
tromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy 
vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. 
Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham 
o ‘zgardi. Unda asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shakli- 
dan, uning mazmunini shakllantirishga ko ‘chirildi.
4-bosqich. XX asr o ‘rtalariga to ‘g ‘ri kelib, «Elek­
tron» texnologiyalar qoMlanilishi bilan belgilanadi. Bu 
texnologiyalam ing asosiy vositasi EHM lar va ular aso­
sida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to ‘g ‘ri keladi. Bu bosqichda 
«Kompyuter» texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning 
asosiy vositasi turli maqsadlarga m oijallangan dasturiy 
vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bos-
20


qichda kundalik tunnush, madaniyat va boshqa sohalarga 
moMjallangan texnik vositalam ing o ‘zgarishi ro‘y ber­
di. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila bosh­
landi.
A xborot texnologiyalari bir necha turlarga boMinadi:
1. 

Yüklə 10,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin