Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə19/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

Asosiy adabiyotlar
U.K.Tolipov, M.Usmanboyeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: “Fan”, 2006.
R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). O‘quv qo‘llanma. T.: “Iste’dod”, 2008.
Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma.T.: TDPU, 2003.
Yuldashev U.Y, Boqiyev R.R., Zakirova.F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. Metodik qo‘llanma. -T, 2004.

Qо‘shimcha adabiyotlar:

Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar.-T.,Moliya,2003.172 b.
Yuldashev U.Y, Boqiyev R.R., Zakirova.F.M. Informatika o‘qitish metodikasi. Metodik qo‘llanma. -T, 2004.
Azizjo‘jayeva N.N. Pedagogik texnolgiya va pedagogik maxorat. Toshkent; Nizomiy nomidagi TDPU, 2003y
Farberman B.L. va boshqlar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. – Toshkent; 2003y
Internet manbaa

www.ziyonet.uz – axborot ta’lim portali


www.edu.uz – Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi portali
www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti

  1. www.pedagog.uz - pedagog-metodstlar uchun ahamiyatli sayt.

  2. http://www.metod-kopilka.ru – bibloteka metodicheskix materialov uchitelya

O‘quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish


Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning muayyan turdagi o’quv yurtida o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Bilim, malaka va ko’nikmalar doirasi eng muhim faktlar, ilmiy tushunchalar, qonun va nazariyalarni, dunyoqarash g’oyalarini, axloqiy hamda estetik me’yorlar va ideallarni, o’quvchilarning ko’rsatilgan ma’lumotlarini o’rganishi, ularning ilmiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqidagi materiallarni, shuningdek, malaka va ko’nikmalarni, shu jumladan, olingan bilimlarni amalda qo’llash va yangi bilimlarni egallashdagi malaka hamda ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. Ta’limning mazmuni bir qator omillarni hisobga olish bilan belgilanadi, bu omillarning asosiylari quyidagilardir: a) ijtimoiy ishlab chiqarishning obektiv ehtiyojlari hamda fan va texnikaning taraqqiyot darajasi; b) davlatning muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad hamda vazifalari; d) o’qitish tamoyillaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarning imkoniyatlarini e’tiborga oluvchi didaktik talablar. Tarbiya mazmuni, o’qitish metodlari va usullari va tashkiliy ko’rinishlarini, o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv ishi turini ko’p jihatdan belgilab beradi. Shu munosabat bilan, tarbiya mazmunini didaktik tahlil qilish va o’quv materiali guruhini belgilash muhim, bu esa uni o’rganishning samarali usullarini didaktik tahlil qilishga, uni har tomondan ancha aniq belgilashga imkon beradi. Informatika fanining ish dasturlarida berilgan o’quv materialini mazmun jihatidan tahlil qilib, quyidagi asosiy umumiy guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1 guruh. Algoritmlar nazariyasi masalalarni ochib beruvchi o’quv materiali. 2 guruh. Axborot va axborot texnologiyalari masalalarini ochib beruvchi o’quv materiali. 3 guruh. Dastur va dasturlash nazariyasi haqidagi o’quv materiali. 4 guruh. Lokal va global tarmoqlar bilan ishlash. O’quv materialining bunday bo’linishi, tabiiyki, shartlidir. Har bir guruhning o’quv materiali dasturlarning ayrim mavzu va bo’limlarida sof holda kamdan-kam berilgan. Qariyb har qaysi mavzu va bo’limda mazmun jihatidan har xil va turli nisbatdagi materialni topish mumkin. O’quv materialini mazmuni, turi va ahamiyati jihatidan tahlil qilish maxsus fanlarni o’rganishning eng maqbul tashkiliy metodlari va usullarini tanlashga imkon beradi. Umumiy fanlarni, maxsus fanlarni o’rgatish oliy o’quv yurtlari o’quvchilariga nazariy ta’lim berishning asosini tashkil etadi. Bu ta’lim amaliyot bilan mustahkam bog’lanishda amalga oshiriladi hamda o’quvchilarni o’rganayotgan kasbini chuqur, har tomonlama va ongli o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan ilmiy-texnik va texnikaviy bilimlar bilan qurollantiradi. Nazariy ta’lim o’quvchilarning kasbiy bilim doirasini kengaytiradi, ularda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti ta’limi bo’lajak kadrning ixtisosligi bo’yicha tayyorgarligi asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida o’quvchilar ishning belgilangan muddatda sifatli bajarilishini ta’minlaydigan mustahkam kasbiy malakalarni, zamonaviy texnika va ilg’or ish metodlaridan to’g’ri foydalangan holda yuksak unum bilan mehnat qilish usullarini egallab oladilar. O’quv materiallarini tahlil qilishda didaktik xatti-harakatlar muhim o’rin tutadi. Didaktik xatti-harakatlar deganda, o’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkil etish xatti-harakatlari tushuniladi. Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish tadbirlari modeliga asoslangan, ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular biror-bir jarayonning barcha qismlarini qamrab oladi. Misol uchun aniq bir nazariy darsni o’tkazish yoki yo’l-yo’riq berish (instruktaj) uchun «Tayyorgarlik ko’rish - O’tkazish - Baholash» kabi harakatlar kerak bo’ladi. Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan: 1. Kimlar o’qitadi? 2. Kimlarni o’qitish kerak? 3. O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish lozim? 4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mavzularni o’qitish kerak? 5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish zarur? 6. Nazariy yoki amaliy darslarni qanday sharoitda o’tkazish kerak? 7. O’qishni qanday tashkil qilmoq darkor? 8. Ko’zlangan maqsadga erishilganini tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi? Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni ko’rsatish mumkin: 1. Nazariy dars yoki yo’l-yo’riqqa oid dastlabki shart-sharoit va tayyorgarlikni baholash. 2. O’quv maqsadi va mazmunlarini belgilash. 3. Nazariy dars va yo’l-yo’riq rejalarini ishlab chiqish. 4. O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash. 5. Nazariy dars va yo’l-yo’riq berish. 6. Nazariy bilimlarni baholash. Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni shakllantirish sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin. Bu erda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida «Yo’naltiruvchi matn usuli» nomi bilan yuritiladi. Bu 6 bosqichni o’quvchilar har bir amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (zarur bo’lganda) yo’riqchining rahbarligida. Ushbu bosqichlar quyidagilardan iborat:
1.Ma’lumot to’plash. O’quvchi berilgan ish topshirig’ini tahlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda to’playdi.
2. Reja tuzish. O’quvchi mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi.
3. Qaror qabul qilish. O’quvchi o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi
4. Amalga oshirish. O’quvchi ish rejasi asosida ishni mutsaqil bajaradi.
5. Tekshirish.
O’quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varag’i»ni to’ldiradi.
6. Xulosa chiqarish.
O’quvchi va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi. Har tomonlama kamol topgan mutaxassis tayyorlash masalasi avvalo o’qitish jarayonida hal qilinadi. O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning bilim, uquv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim o’quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida o’quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish o’qituvchining o’quvchilarga bilim, o’quv va malaka tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir. O’qish - o’quvchilarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan muntazam va ongli mehnati. O’qitish ikki tomonlama jarayondir: u o’qituvchining faoliyati va o’quvchilar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqish, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan muntazam mehnatdan iborat. O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, o’quvchilarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan ifodalanadiki, har qaysi bosqichda o’quvchilar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, uquv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
Ammo har xil bo’g’inlar ayni paytda muayyan yumushni bajaradi hamda o’ziga xos ko’rinish va metodlar bilan ifodalanadi. O’quv jarayonining har bir bo’g’inini oliy o’quv yurtlarida umumta’lim va mutaxassislik fanlarini o’rganishga tatbiqan batafsil ko’rib chiqish ushbu metodikaning mazmunini tashkil etadi. O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va o’quvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi. O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi o’quvchilar guruhini va har bir o’quvchii o’qitishning har xil ko’rinishlarida qo’shib olib borilishi, o’qitishda o’quvchilar mustaqilligining turli darajasi, o’quvchilarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan ifodalanadi. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmuyi tushuniladi. Shu nuqtai-nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi: - ma’ruza darsi, -suhbat darsi, -ekskursiya darsi, -videotasvir, -o’quvchilarning mustaqil ishi darsi, -laboratoriya ishi darsi, -amaliy ish, -aralash dars va h. k. Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsadiga ko’ra tasniflashni eng ma’qul deb hisoblamoq kerak, chunki bunda boshqa hamma narsalardan tashqari, darsning o’quv jarayonidagi o’rni ham hisobga olinadi. Bu alomatga ko’ra darslarning quyidagi turlari mavjud: -yangi bilimni bayon etish darslari, -bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish darslari, -o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish darslari, - aralash darslar. Informatika o’qitish metodikasida asosiy o’rinlardan yana birini o’qitish metodlari(usullari) egallayd

Vаqti –2 sоаt

Tаlаbаlаr sоni: 14 nаfаr

O’quv mаshg’ulоtining
shаkli

Vizuаl mа’ruzа

Mа’ruzа mаshg’ulоtining rеjаsi:

1. Matematikani o‘qitishda elektron ma’ruza, taqdimotlarni loyihalashtirish
2.O‘quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish .
3.Matematik bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin