Muammolita'limningasosiymaqsadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-nazariy asoslari haqida gap borganda, uni ta'limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni qanday nomlashdan qat'iy nazar uning asosiy hususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iboratdir. Demak, muayyanmavzunimuammoshaklidaolibchiqishyo’libilanegallanadiganbilim, ko’nikmavamalakalaryig’indisigamuammolita'limdeyiladi. Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta'limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta'lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi.