Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish


INFORMATIKANI O`QITISHDA MODUL TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə32/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

INFORMATIKANI O`QITISHDA MODUL TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
REJA:

  1. O'quvchilarda internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish

  2. Informatikani o‘qitishda internet tizimidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Ta’lim soxasida internet – texnologiyalaridan foydalanish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar ish kunini internetdan boshlab u bilan tugatadigan bo‘lib qoldi. Agar o‘tgan asrning 90-yillar o‘rtalaridagi yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda kompyuter va internetdir. Masalan, 50 000 000 lik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyesiga 10 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichni internet juda qisqa vaqt ichida bosib o‘tdi. Ha, axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Oxirgi 10 yilliklar ichida axborot uzatish tizimining ishi 300 marotaba tezlashdi, narxi esa 1000 barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer yuzida ulkan axborot makoni yuzaga kelishiga omil bo‘ldi. Bir qarashda buni keng imkoniyatlarning tug‘ilishi, yuksak taraqqiyot deyishimiz mumkin. Biroq bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan ta’lim muassasalari va ularda yoshlarning bilim olishlari hamda kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab, havas qilasiz. Ammo, shuni bilamizki, hayotimizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lmish internetdan barcha yoshlarimiz keng foydalanib kelmoqda. O‘quvchilar orasida internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantirishni hozirgi kunning eng global muammolaridan biri, deb hisoblayman. Internetdan foydalanish kerak, albatta. Hozirgi kunda bu zamon talabi, davr talabi hisoblanadi, lekin undan, avvalo, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishimiz kerak. Internet orqali har xil qo‘shimcha ma’lumotlar olish, kerakli adabiyotlarni qidirib topish, til o‘rganish, yangi axborotlardan xabardor bo‘lish mumkin. Biroq hammamiz ham shuni bilmaymizki, internetning foydali tomoni bo‘lgani kabi zararli tomonlari ham ko‘p. Hozirgi kunda yoshlar hayotiga kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning asoschisi aynan internet hisoblanadi. Internetdan kirib kelayotgan har xil yomon, zararli ma’lumotlar yoshlarimizning fikrini buzmoqda va ularni o‘z domiga tortib, hattoki loqayd va dangasa qilib qo‘ymoqda. Buyuk allomalardan biri “Hayot vaqtlardan iborat. Kimki vaqtini bekor o‘tkazsa, hayotini behuda sovuradi”, degan edi. Demak, bugungi kundagi eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi va vataniga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan asrash hamda munosib himoya qilishdan iboratdir. Bitiruv malaka ishim quyidagi tarkibiy qimlardan iborat: Kirish- bu qismda bitiruv malakaviy ishimdagi boshlangich fikrlarni yoritishga harakat qilganman hamda yurtimizda ta;lim olamidagi ba’zi jarayonlar yoritilgan. Asosiy qismda internetni xayotimizdagi o’rni va axamiyatini yoritishga harakat qildim. Internetdan unumli foydalanishning usullarini sanab berildi. Xulosa qismida esa tavsiyalar berilgan.
– Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo‘lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko‘ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki on-layn o‘yinlari bilan kun o‘tkazish kayfiyatida bo‘lganlardir.Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o‘smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, on-layn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham asosan o‘smirlardir. O‘smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o‘g‘il yoki qiz agressiv ruhdagi on-layn o‘yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Virtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o‘tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta’siri ma’naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog‘onasi va ko‘z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda о’qitish va о’rganish jarayonida Internet-texnologiyalariga
katta о’rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta‘lim jarayoniga kо’maklashib,
о’qitish dasturlari, о’quv qо’llanmalari, elektron darslik va jurnallardan
foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, talabalarning testlarda, tadqiqot va ilmiy
ishlar tanlovlarida, masofaviy loyihalarda, ilmiy maktab ishlarida ishtirokini
ta‘minlamoqda.
Talabalar о’rtasida о’tkazilgan sо’rov jarayonida ilmiy-ijodiy ishlarni bajarishda
Internetdan foydalanuvchi talabalar Internetning quyidagi afzalliklarini kо’rsatib
о’tishdi: turli-tuman qiziqarli materiallarning mavjudligi (50%), fan tarixi va uning
rivoji yuzasidan materialning mavjudligi (31%), tadqiqot natijalarini
umumlashtirish kо’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi (28%),
ilmiy ishlarga qiziqishning ortib borishi (27%), yangi tushunchalarni о’zlashtirish
imkoniyati (21%), boshqalar bilan faol о’zaro muloqotga kirisha olish imkoniyati
(20%). Bilim olish jarayonida Internet tarmog‘idan foydalanish talabalarning
о’quv-tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon
beradi. Talabaning о’quvtadqiqotchilik madaniyati shaxs madaniyatining tarkibiy
qismi hisoblanib, dunyo yaxlit tasvirini bilish, ilmiy bilish kо’nikma va
malakalariga ega bо’lish, uning natijalarini qadrlash, shaxsning ijodiy
rivojlanishini ta‘minlash bilan xarakterlanadi. Sо’rov jarayonida shu narsa
aniqlandiki, tanlangan mavzu bо’yicha referat tayyorlashda Internetdan 55%
talabalar foydalanadi, ilmiy ijodiy ish uchun axborot izlab topishda – 48%, izlash
jarayonida axborot olingan saytlarga xavola kо’rsatishda – 48%, qо’shimcha
material topib, uning mazmunini tahlil qilishda – 45%, uyga berilgan mustaqil ish
topshiriqlarini bajarishda – 36%, turli Internet-loyihalarda anjuman, tanlov,
olimpiada va boshqalar) ishtirok etishda– 16% talabalar foydalaniladi Bugungi
kunda Internetda juda kо’p veb-forumlar,hatlar mavjud bо’lib, talabalar bir-biri
bilan muloqotga kirisha olishadi. Chatlarning imkoniyatlaridan ta‘lim-tarbiyaviy
maqsadlarda foydalanish uchun о’qituvchi muayyan mavzuda muloqot, bahs,
munozara tashkil etishi mumkin. Bunday maqsadlarga, masalan, ―Virtual
auditoriya, ―Ta‘lim tarmog‘i kabi loyihalarni kiritish mumkin. Internetda bunday
faoliyat shaklini qо’llash ta‘lim mazmunini boyitadi, talabalarni о’zaro g‘oyalar,
fikrlar almashinuviga jalb etadi, bir-birlariga yordam berishga kо’maklashadi,
hamkorlikda yangi bilimlarga ega bо’lish imkonini beradi, guruhdagi о’quv ishi
uchun mas‘uliyatlarini kuchaytiradi, natijada esa ularning о’quv-tadqiqotchilik
madaniyati yuksalib boradi. Internet tarmog‘idan foydalanishda yana bir jiddiy
muammo mavjudki, u ham maxsus dasturiy ta‘minotning yо’qligi tufayli, internet-
sahifalarga narkotiklar, axloqsiz о’yinlar, diniy, irqiy diskriminatsiyani targ‘ib
qiluvchi materiallar va boshqa salbiy, yot g‘oyalardan iborat materiallar kirib
qolishi mumkin. Shuning uchun ham о’qituvchilarning vazifasi – Internet
tarmog‘ida mavjud ma‘lumotlarni, axborotni tushunib, keraklisini tanlab olish
sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Agar о’qituvchi о’z fani bо’yicha Internet-
saytlar rо’yxatini tuzib, resurslar bilan talabalarni tanishtirsa, ularning faoliyati
maqsadga yо’naltirilgan bо’ladi, ular begona saytlardagi materiallar bilan
tanishmay qо’yadilar. Har hafta bо’lib о’tadigan ma‘naviyat darslarida ham
Internet ma‘lumotlaridan keng foydalanish mumkin. Xullas, Internet keng
imkoniyatlar yaratib beruvchi tarmoq bо’lib, fan о’qituvchilari va talabalarda bu
tarmoqda ishlash kо’nikma va malakalarini rivojlantirish, takomillashtirib borish
ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Internetda ma‘lumot axtarishning ikki yо’li mavjud: aniq manzilli hujjatni
axtarish; manzili noaniq, ammo mavzusi yoki kalitli sо’zlari orqali hujjat yoki
sahifani axtarishdan iboratdir.
Internetga joylashtirilgan ma‘lumotlarni oddiy, axborot shaklidagi hamda
foydalanish uchun mо’ljallangan maxsus fayllardan (kо’chirishga tayyor va
siqilgan holdagi *.zip, *.rar kengaytirmali fayllar) iborat deb qarash mumkin. Har
ikkala holatdagi ma‘lumotlarni ham kо’chirib olish va keyinchalik undan
foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun kerakli deb hisoblangan
ma‘lumotlarni topish kerak.
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:  axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;  bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;  mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;  bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan
2 chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘l-lashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak. Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: 1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik; 2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish; 3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi; 4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi; 5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi; 6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish. Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:  informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;  kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;  zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
3  umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish; hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik; dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi; utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi. Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-pedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat
4 predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi. Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida; kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishda; o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda; o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bosqichida; o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin. Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko). Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosadigan o‘quv axboroti manbai; multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; individual va axborot muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter — matnlarni tayyorlash va ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi
XULOSA
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi das-turiy va texnik ta’minotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda . Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta’minoti yangi variantlarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirishni talab etadi. Shuningdek, axborot texnologiyasi haqida bilish talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Uning asosini tashkil etuvchi axborot ham neft, gaz, foydali qazilmalar kabi an’anviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao bo‘lar edi:
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mustaqil ishlardan asosiy maqsad: ta`lim bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kеngaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, tеxnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llashdan iborat. Mustaqil ishlarining talaba uchun ahamiyatli tomoni shundaki: ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning qo`yilish jarayonidan boshlab uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas`uliyatni his etishga o`rgatish, zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tеxnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta`minlashga imkon bеradi. Mustaqil ishni bajarishda talaba o`z imkoniyatidan kеlib chiqib, o`zi xohlagan tarzda dasturlar bog`lamini tuzishi mumkin.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin