Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish


-ilova: dars tushunchasi ta’riflari INFORMATIKA O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK FAOLIYATI LOYIHALASHTIRISH



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə8/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish

1-ilova: dars tushunchasi ta’riflari

INFORMATIKA O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK FAOLIYATI LOYIHALASHTIRISH
Reja
1.Pedagogik faoliyat.
2.Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar.


1.Pedagogik faoliyat
. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi “Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi” deb nomlanib, “Kim pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?” degan savolga javob beradi [1].
5-модда. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.
Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
2.Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar.

V.A.Krasilnikova jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan madaniyatli yoshlarni tarbiyalashda informatika o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablarni quyidagicha keltiradi .



  1. umummadaniy tayyorgarlik: o‘zini-o‘zi qayta tayyorlash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji, jamiyatni madaniy rivojlanish sharoitida pedagogik faoliyatga va hayotga, ijodiy faollikka tayyorligi, telekommunikatsiya va global axborot resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaganligi, kommunikativ jarayonni rejalashtirilgan holda tashkil eta olishi.

  2. pedagogik faoliyat sohasida: noaniqlik sharoitlarida shaxsiy va kasbiy muammolarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yechishga tayyorligi, pedagogik faoliyat natijalarini tahlil eta olishi, to‘g‘rilashi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni olib borish qobiliyatlarining mavjudligi.

Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’z aksini topib, bizning fikrimizcha ularga:

  • O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, fan, texnika, pedagogik va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

Ilm-fan, texnika, ishlab chiqariah va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilg‘or yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin