Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 469 Kb.
səhifə29/32
tarix24.11.2023
ölçüsü469 Kb.
#133566
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar

  1. Axborot tizimlarining turkumlanishi haqida gapirib bering.

  2. Axborot- ma'lumotnomali tizimlar haqida gapirib bering.

  3. Axborotni izlash tizimlari haqida gapirib bering.

  4. Ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari haqida gapirib
    bering.

  5. Faktografik tizim nima? Uning qanday turlari mavjud?



Axborot tizimiarida ma'lumot almashish


Biror moddiy ko'rinishda mujassamlangan va uni ifodalovchi axborot xabar deyiladi va signallar yordamida bir joydan boshqa joyga uzatiladi.
Har bir xabar ma'lum hajmga ega bo'ladi va u biror fizik kattalik sifatida ishlatiladi. Fizik kattaliklarni uzatuvchi va qabul qiluvchi urilmalar ikki turga bo'linadi.
Bunday qurilmalarda ishlatiladigan signallar analog (uzluksiz) ignallar deyiladi.
Axborot signallarining xarakterli tomoni shundaki, ular ma'lum vaqt oralig'ida cheksiz ko'p qiymatga ega bo'lishi mumkin.
Analog qurilmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ulardan foydalanish anchamurakkabjarayondir. Ularning asosiy kamchilik-laridan biri ularda kattalikni o'lchash xatoligidir.
Shuning uchun ko'p hollarda analog signallar diskret (uzilishli) ko'rinishga aylantiriladi. Bunday aylantirish jarayoni diskretlash deyiladi. So'ngra diskret signalning har bir qiymati son orqali ifodalanadi. Raqamli texnikada bunday jarayon kodlash, berilgan sonlar majmui esa signal kodi deyiladi.
Raqamli texnika qurilmalarida berilgan signallar yoki o'zgartirish-lar ularning kodlari ustida amalga oshiriladi.


Axborotni qayta ishlash jarayoni shartli ravishda ikki turga ajratiladi. Birinchisi — ma'lumotlar bilan hisob-kitob ishlari va ikkinchisi — mantiqiy amallarni bajarish. Bu ishlar qayta ishlash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Ma'lumotlarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy vazifasi ma'lumotni foydalanuvchiga kerakli ko'rimshda o'zgartirib berishdir. Ular ikki turga bo'linadi. Uning kirish qismiga boshlang'ich ma'lumotlar kiritiladi, chiqish qismida esa ma'lum qonuniyat asosida qayta ishlanib, o'zgartirilgan ma'lumotlar chiqariladi. Bunda ma'lumotlarni o'zgartirishning qonuniyatlari doimiy bo'ladi.
Boshqariladigan ma'lumotlarning qayta ishlanish jarayoni ikki turga ajratiladi. Birinchi turda boshqaruvchi signallar axborotlarni o'zgartirish davomida o'zgarishsiz qoladi. Ikkinchi turda esa boshqarish signallari foydalanuvchining talabiga mos holda o'zgartirib turiladi. Axborotlarni ancha murakkab bo'lgan qonuniyat asosida qayta ishlashda, ya'ni uni o'zgartirishni bir necha bosqichlarda olib borish uchun ikkinchi usuldan foydalaniladi.

Yüklə 469 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin