Informatsion texnologiyalar


Strategik axborot tizimlari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/148
tarix01.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#106392
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   148
axborot tizimlari

 Strategik axborot tizimlari 
 
Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq. 
Strategiya  deganda  istiqbolli,  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  masalalarni  yechishga 
yo‘naltirilgan metodlar va vositalar to‘plami tushuniladi. 


 
49 
Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu 
kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va istiqbolli 
strategiyasi  masalalarida  axborot  tizimlarining  o‘rniga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda. 
Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi, 
vazifalari,  metodlari,  mahsulotlari,  xizmatlari  sifatini  oshirishda,  raqobatchilardan  o‘zib 
ketishga,  iste’molchilar  va  ta’minlovchilar  o‘rtasida  yangi  munosabatlarning 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlari paydo bo‘ldi. 
Strategik  axborot  tizimi  —  tashkilotning  strategik  istiqbolli  maqsadlarini 
amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi    kompyuter 
axborot tizimidir. 
Axborot  tizimlarining yangi sifatlari  hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi,  uning 
mahsulot  ishlab  chiqarish  yo‘nalishlarini  o‘zgartirib,  gurkirab  rivojlanib  ketishiga  ta’sir 
ko‘rsatgani  haqida  ma’lumotlar  ko‘pgina.  Biroq  shunday  salbiy  holatlar  ham  kelib 
chiqqanki,  axborot  tizimi  joriy  etilishi  natijasida  shtatlar  soni  qisqartirilishi,  firmadagi 
ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan. 
Iste’mol  bozorida  mahsulot  ishlab  chiqarishga  yo‘naltirilgan,  o‘zining 
raqobatchilariga  ega  bo‘lgan  firma  faoliyati  misolida  strategik  axborot 
tizimlarining 
sifatini 
ko‘rib 
chiqaylik. 
Bunday 
sharoitlarda 
firma 
raqobatchilaridan  o‘zib  ketishi  kerak.  Strategik  axborot  tizimidan  foydalanish 
bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? 
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini 
tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
•     bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar; 
•    tovar  xarid  qilish  va  xizmatlardan  foydalanish  bo‘yicha  turli  imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan xaridorlar; 
•      mahsulot  ishlab  chiqarishda  xom-ashyo  va  butlovchi  qismlar  yetkazib 
beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati. 
Firma  raqobatda  yutib  chiqib,  bozorda  o‘zining  siyosatini  yuritishi  uchun 
quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur: 


 
50 
  bozorda  mavjud  bo‘lgan  tovarlardan  farq  qiladigan,  yangi  tovarlar  va 
xizmatlarni yaratish; 
  firmaning  tovar  va  xizmatlari  sifati  boshqa  raqobatchi  firma  tovarlari  va 
xizmatlaridan  tubdan  farq  qiladigan,  afzalligi  e’tirof  etiladigan  yangi 
bozorlarni va sharoitlarni izlab topish; 
  firma  o‘zga  xaridorlar  va  ta’minotchilarni  izlab  topib,  ularga    murojaat 
qilishidan  ko‘ra  har  xil  aksiyalar  asosida  muqim  xaridorlar  va 
ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi; 
  mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. 
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun 
strukturalashtirilmagan  masalalarning 
yechimini  olish,  uzoq  muddatli 
rejalashtirish  ishlarini  bajarish  imkonini  beradilar.  Asosiy  masala  –  firmaning 
yoki  tashkilotning  tashqi  muhitdagi  holatni  tahlil  qilish  va  solishtirishi  asosida 
ichki  imkoniyatlari  va  zahiralarini  baholash.  Ular  tasodifan  yuzaga  keladigan 
vaziyatlarni  hisobga  olishda,  nostandart  vaziyatlarda  qarorlar  qabul  qilishda  
kompyuter  va  telekommunikasion  qaror  qabul  qilishning  umumiy  muhit 
yaratishlari  kerak.  Eng  so‘nggi  takomillashtirilgan  dasturlardan  foydalanib, 
bunday  tizimlar  ixtiyoriy  vaqtda  ko‘pgina  manbalardan  zarur  axborotlarni  
yetkazib  berishlari  mumkin.  Ba’zi  strategik  axborot  tizimlari  uchun  chekli 
analitik imkoniyatlar mavjud. 
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi  rolni o‘ynaydilar va 
ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ 
tarzda yetkazib berishda foydalanadilar.  
Hozirgi  strategik  axborot  tizimlaridan  ko‘p  rejalilik,  ko‘p  funksiyaviylik 
sharoitida  foydalanilayotgan  bir  paytda  ularni  yaratishning  umumiy  tamoyillari 
hali  ishlab  chiqilmagan.  Bu  masala  borasida  ikki  xil  nuqtai-nazarlar  mavjud: 
birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik  yo‘llarini aniqlab 
olish  kerak,  so‘ng  esa  axborot  tizimlarini  unga  moslashtirish  kerak;  ikkinchi 
nuqtai-nazar  -  tashkilot  strategik  axborot  tizimlaridan  o‘z  maqsadlarini 


 
51 
aniqlashda  va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. 
Lekin  kelajakda  bu  ikki  nuqtai-nazarning  umumiy  sintezi  asosida  strategik 
axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin