Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni
ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar
majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi
shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham
uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar
kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va
tuzatish bloki.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq
holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va
boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar
bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan
81
ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish
uchun foydalaniladi.