I-BOB: GEODEZIYA TO`G`RISIDA UMUMIY MA`LUMOT 1.1. INJENERLIK GEODEZIYASI FANI HAQIDA TUSHUNCHA 1.1.1. “Injenerlik geodeziyasi” fani, uning vazifalari, xalq xo`jaligidagi ahamiyati Injenerlik geodeziyasi, geodeziya fanining tarkibiy qismi bo`lib, turli xil injenerlik
ishlarini bajarishda qo`llaniladi.
Geodeziya - yunoncha, geo - yer, deziya - o`lchash, bo`lish ma`nolarini bildiradi.
Geoeziya - yerning shakli va o`lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda
tasvirlash hamda xar-xil injenerlik masalalarini echishda bajariladigan o`lchash usullari
to`g`risidagi fandir.
Geodezik o`lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda va yer ostida burchak, masofa
va balandliklarni ulchash asboblari yordamida olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga
ko`ra geoeziya fani ham rivojlanib bir necha mustaqil fanlarga bo`lindi:
Oliy geoeziya - butun yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va o`lchamlarini
aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona tizimda
topish, yer qobig`ining gorizontal (yotik) va vertikal siljishini o`rganish kabi masalalarni
xal qiladi.
Topografiya - yer sirtining katta bo`lmagan bo`laklarining karta va planlarini
tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal kesimi)ni
tasvirlash usullari bilan shug`ullanadi.
Injenerlik geoeziyasi - injenerli inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va
foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o`rganishi bilan shug`ullanadi.
5
Fototopografiya yoki aerofoto geoeziya - yersirtini suratga olish va topografik
karta, planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan
shug`ullanadi.