1
1
65-rasmda. Oddiy eklimetrda qiyalikni o`lchash
Doiraviy eklimetr. 66-rasmda ko`rsatilganidek metall quticha 1 ichida
mayatnikli disk 8 gorizontal o`q OO
1
atrofida bemalol aylanadigan qilib ishlangan. Disk
(g`ildirak) gardishi 63-rasmning o`ng tomonida ko`rsatilgandagi kabi, 0 dan +60° gacha
bo`lingan, yuqoriga qaralganda +
ishorali, pastga qaraganda — ishorali bo`laklar
ko`rinadi. Diskka og`ir yuk 7 mahkamlanganidan OO
1
o`q
hamma vaqt gorizontal
turadi.
Quti ustidagi prujinali knopka 6 bosilsa, disk OO
1
o`qda mayatnik kabi harakat
qilib, gorizontal vaziyatda to`xtaydi. Quti yoniga to`rtburchaklik shaklidagi vizirlash
(ko`rish) trubasi 5mahkamlangan, uning bir uchidagi trubkachaga ko`z dioptri (tirqish)
4, ikkinchi uchiga narsa dioptri 10 o`rnatilgan.
66-rasm.
Doiraviy eklimetr va bo`laklari:
1 — quti (korobka); 2—darcha;3—lupa; 4—ko`z dioptri (tirqish); 5— ko`rish
trubasi;6—piston; 7—og`ir yuk; 8—mayatnikli g`ildirak (disk);9— obvodka
(tegirchak);10—narsa dioptri.
67-rasm. Eklimetr bilan chiziqning vertikal burchagini o`lchash
1
1
Eklimetr bilan AV chiziqning (67-rasm) vertikal burchagini o`lchash uchun A da
turib, V dagi vexada kuzatuvchining
balandligi i belgilanadi, shu nuqtaga ko`z
dioptridan qarab, sim 10 to`g`rilanadi va knopka bosiladi, disk to`xtagach, darcha 2
dan lupa orqali qarab, ko`ringan bo`laklardan sim bo`yicha sanoq olinadi; bu sanoq
vertikal burchak v qiymati bo`ladi. Bunda burchak ±30' aniqlik bilan o`lchanadi.
Eklimetrni tekshirish. Eklimetr ishlatishdan oldin quyidagi shart bo`yicha
tekshiriladi. Eklimetr mayatnigi vertikal turganda halqasining nol diametri gorizontal
bo`lishi kerak. Buni tekshirish uchun A nuqtada turib, V nuqtadagi vexaga qaraladi-da
v
1
sanoq olinadi (67-rasm). Keyin V nuqtada turib, A
dagi vexaga qaraladi va v
2
sanoq
olinadi. Agar asbob to`g`ri bo`lsa, bu sanoqlar teng bo`lishi kerak; bu sanoq
vertikalburchak bo`ladi. Teng bo`lmasa, vertikal burchak
1
2
bo`ladi (14)
2
Nol diametr gorizontal bo`lmay, qiya bo`lsa va gorizontal chiziq bilan x burchak
hosil qilsa, bu xato
х
1
2
bo`ladi (15)
2
Bu xato eklimetr yukini x qadar surish yo`li bilan tuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: