1
6
1973 yilda AQSHning Mudofaa vazirligi vaqtni va harakat doirasini hisobga
oladigan navigatsiya tizimini NAVSTAR (Navigation System with Time and Ranging) –
joyni aniqlash global tizimini (global positioning system (GPS)) rivojlantira boshladi va
birinchi sun`iy yo`ldoshni 1978 yilda uchirgan edi. Bu sun`iy yo`ldoshlarlar 1987 yilda
majud bo`lgan boshqarish tizimi bilan asosan tajriba tusiga ega edi. Hozir GPS sun`iy
yo`ldoshlarlari to`liq boshqaruvchan bo`lishi bilan, nisbiy joyni birnecha millimetrlar
aniqligida juda qisqa kuzatuv muddatida bir necha minutda
aniqlashga yerishish
mumkin. 5 km dan ortiq masofalar uchun GPS, EDM traverzasi bilan o`lchashdan
aniqroq bo`lmoqda. SHuning uchun u geodeziyada keng qo`llanila boshladi va uning
ta`siri EDM ni yaratishdan ham muhimroqdir. GPS yuqori aniqlikka yerishishdan
tashqari, quyidagi muhim afzalliklarni bermoqda:
-
o`rin bevosita X, Y, Z koordinatlar
tizimida berilmoqda;
-
er yuzidagi punktlarning o`zaro ko`rinishi zarur emas;
-
har bir nuqta alohida qayd qilinganligi sababli,
tarmoqdagi kabi, tarqalish
xatolari
mavjud emas;
-
s`yomka nuqtasi endi o`zining talab qilinadigan vazifasiga muvofiq tanlanadi,
yaxshi shartlarga javob beradigan shakllar
tizimini yaratish uchun emas;
-
operatordan yuqori kasbiy mahorat talab qilinmaydi;
-
joy yer yuzida, dengizda yoki havoda qayd qilinishi mumkin. Bu oxirgi qobliyati
havo fotogrammetriya sohasiga katta ta`sir qilishi mumkin;
-
o`lchovlar kechasi yoki kunduzi, suvda yoki havoda, yer sharining har qanday
nuqtasida, vaqtida va ob-havo sharoitida amalga oshirilishi mumkin;
-
o`zgarishlar ustidan nazoratni
yanada takomillashtirib, uzluksiz o`lchovlarni
bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: