1
3
komponentiga svetodelitel bilan bo`linadi. Ko`rinadigan yorug`lik kuzatuvchiga, infra
qizil yorug`lik esa diod matritsasiga etib boradi. Nivelirning burchak aperturasi 2° ga
teng, natijada reykaning 70 mm sanog`i 1.80 m oralig`ida
tasvirlanadi, 100 m
oralig`idasi -3.5 m bo`ladi. SHtrix-kodning olingan tasviri analogli ko`rish signaliga
ko`chiriladi, u keyin saqlanayotgan ma`lumot kodi bilan taqqoslanadi. Korrelyasiya
protsedurasi keyin kodlarning balandlik siljishining nisbatini beradi, bunda nivelirdan
reykaga bo`lgan masofa kod tasvirining masshtabiga bog`liq bo`ladi.
90-rasm. DINI raqamli nivelir
Ma`lumotlarga ishlov berish, ventil matritsasiga tayangan bir kristallik
mikroprotsessorda amalga oshiriladi. O`rnatilgan ma`lumotlar
keyin tasvir shaklida
ikki qatorli matrik displeyga beriladi.
O`lchash jarayoni fokuslantiradigan qo`ldastaning yonida joylashgan klavishga
(knopkaga) juda engil tegish bilan boshlanadi. 15 o`rinli nivelir okulyarining yuz
tomonida joylashgan klaviatura, sonli ma`lumotlarni
kiritishga va oldindan
dasturlashtirilgan ko`rsatmalar berish uchun imqon yaratadi. Axborot WILD REC
modulida saqlanishi mumkin, bundan tashqari, nivelir tashqi nazoratni, ma`lumotlarni
berishni va energiya bilan ta`minlashni amalga oshiradigan GS1 interfeysiga ega.