KIRISH
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi
Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va
jamiyatni
barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda
madaniy rivojlanishning
yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga
yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning
ijobiy natijaga ega bo’lishi
eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta
o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini
hosil qilish, ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etishga bog’liqdir.Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng
yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy
merosni jamiyatga
namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O’zbekiston Respublikasining
rivojlangan
mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda
malakali mutaxasis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust)da
qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda
muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari
to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarori mazmunida barkamol shaxs
va malakali mutaxasisni
tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir.
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini
samarali
tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi
darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: