A.Karimovning "Barkamol avlod - kelajak poydevori"
nomli asarida hozirgi
paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta ahamiyat berishni aytib o’tgan:
"Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan
mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z
buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni
mukammal bilishning
ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir
1
", - degan edi.
Mаvzuning dоlzаrbligi.Ingliz tilini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib
kelayotgan yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga
tavsiya etish olimlar,
mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli
yoshlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo’lishlari uchun,
avvalambor chet tilini jumladan, ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Bunda esa
darslarni zamonaviy ped texnalogiyalar asosida tashkil etish va ko`plab
Interfaol
usullardan foydalanish davr talabidir.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi ingliz tili dаrslаridа o’quvchilаrning
bilish fаоlligini оshirish оrqаli ulаrning erkin nutqini tа’minlаsh vа bu vаzifаni
muvаffаqiyatli bаjаrish
usullаrini ishlаb chiqish, hаmdа ulаrni аmаldа qo’llаy оlish
bo’yichа mеtоdik tаvsiyalаr bеrish; bugungi kunda qo’llanilayotgan zamonaviy usullar,
uslublar va o’qitish vositalari haqida ma’lumot berish оrqаli ulаrning erkin nutqini
tа’minlаsh vа bu vаzifаni muvаffаqiyatli bаjаrish usullаrini
ishlаb chiqish hаmdа ulаrni
аmаldа qo’llаy оlish bo’yichа mеtоdik tаvsiyalаr bеrishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: