“Inklyuziv ta’lim” fanidan 1-kurs (maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun
1-mustaqil ish
topshirig‘i
Mavzu: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari 1.Adabiyotlar ro`yxati: L.R.Muminova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M.Axmedova. “Inklyuiziv ta’lim” o‘quv qo‘llanma. Тошкент,2019
Р.Шомахмудова. Инклюзив таълимнинг назарий ва амалий асослари. Тошкент: ХТ «Розиқов О.Ж». 2007 й.
Ю.В.Шумиловская Подготовка будущего учителя к работе с учащимися в условиях инклюзивного образования.
2. Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar. Reja: “X-strategiya” si orqali atamalarni tegishli ta’riflar bilan birlashtiring
Inklyuziv ta’lim
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda toʻsiqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻunlashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim berishni ta’minlashdan iborat
Inklyuziv ta’limning maqsadi
barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir.
Abu Ali ibn Sino
“Ayrim vaqtda soqovlik va nutqning boshqa buzilishhlari miyaning tilga boruvchi va uni harakatga keltiruvci nervlarni chiqish joyining jarohatlanishi oqibatida kelib chiqadi”
L.S.Vigotskiy
“G’ayritabiiy rivojlanish nuqsonli emas, balki rivojlanishning o’ziga xos turi, faqat salbiy belgilar bilan cheklanib qolmasdan, balki dunyoda nuqsoni bo’lgan bolaning moslashishi tufayli paydo bo’ladigan bir qator ijobiy xususiyatga ega ”
autizm sindromli bolalar
bosh miyaning organik buzulishi natijasida bilish
faoliyati turg‘un buzulgan bolalar
aqli zaif-oligofren bolalar
bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi.
O’z. Res. Prezidentining PQ-4860-son qarori
rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar ta’lim olish huquqiga egadirlar deyiladi
O’z.Res ta’lim to’g’risidagi qonunning 55-moddasida
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Siz shahar markazidagi 3 sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritasiz. Muassasaga 6 yoshli Davron ismli zaif ko’ruvchi bolani onasi olib keldi va sizning guruhingizga qabul qilindi. Davronni guruhdagi bolalar “to’rtko’z”, “so’qir”, “ko’zoynak” deb mazah qilishdi. Bundan Davron juda ham hafa bo’ldi va bu bog’chaga qaytib kelishni xoxlamadi. Bunda siz (tarbiyachi) qanday yo’l tutasiz?
3. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 10.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida dalillar orqali yoritib bersa, 9-10 ball bilan baholanadi.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 7-8 ball qo’yiladi.
Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo’lsa, 6, 7, 8 ball qo’yiladi.
Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 3, 4, 5 ball qo’yiladi.
Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 1, 2 ball qo’yiladi.
Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.