INKLYUZIV
TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI
21-Modul: Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining ijtimoiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish
2-Mavzu. Inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarni
to‘garaklarga jalb qilish
Reja:
1. To‘garak ishlarning mazmun mohiyati va turlari
2. Maktablarda to‘garaklar faoliyati
3. To‘garak ishlarini olib borish shartlari
4. Nogironligi bo‘lgan bolalarni to‘garak ishlariga jalb qilishning muhimligi
To‘garak ishlari -
qo‘shimcha ta’lim shakllaridan biri bo‘lib, bolalar uchun
turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, seksiyalar va klublar tashkil etishdan iboratdir.
To‘garak ishlari ta’lim muassasalarida (maktab,
gimnaziya, kollej va boshqalar),
shuningdek, qo‘shimcha ta’lim muassasalarida (ijod uylari,
madaniyat uylari,
klublar va boshqalar) sinfdan tashqari ishlar jarayonida amalga oshiriladi.
Turli doiradagi to‘garaklar mavjud:
fan
doirasida
(ta’lim dasturlariga muvofiq o‘quv fanlari bo‘yicha)
badiiy-estetik
(tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya, xor va boshqalar)
texnik
(o‘quvchilarning texnik ijodiyoti turlari bo‘yicha)
naturalistik
qis. “yunnat” (tabiatshunoslik
va tabiiy fanlar asoslarini
o‘rganish bo‘yicha)
Sayyohlik va o‘lkashunoslik
(sayohat rejasini
tuzish va marshrutni ishlab
chiqish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish)
jismoniy tarbiya va sport
(turli xil sport turlari)
havaskor
(qiziqishlarga ko‘ra)