Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish
Korxonalarda eksport salohiyatni oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish. Marketing texnologiyalarini qo‘llar ekan, korxona maqsadli
segmentda ishlashi, xaridorlarning ehtiyojlarini chuqurroq tushunish
hisobiga maqsadli segmentda sotuvni ta’minlashi, xaridorlar
ehtiyojlarini va bozorning rivojlanish tendensiyalarini yaxshiroq bilish
hisobiga boshqa kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qilishi,
korxona maqsadlariga qarab foydalilikni oshirishi yoki bozorda kattaroq
ulush egallab olishi mumkin.
Marketing texnologiyalari bu – firmaning bozorda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan usullardir. Beshta asosiy marketing
texnologiyalari mavjud: segmentlash, yo‘naltirish, joylashtirish, tahlil
qilish (jumladan, sotuvni), bashoratqilish.
Bunda bir necha turdagi innovatsion marketing texnologiyalaridan
foydalaniladi. Ularga axborot-marketing texnologiyalari, SRM,
integratsiyalashgan marketing texnologiyasi, brend texnologiyasi,
tarmoqlimarketing texnologiyasi, merchendayzing marketing
texnologiyasi, virusli marketing texnologiyasi, kross marketing
texnologiyasi, Ca11-markaz, mobil marketing texnologiyalarini kiritish
mumkin. Axborot marketing texnologiyalari bu eng yangi axborot
texnologiyalarini qo‘llagan holda mahsulotni ilgari surish orqali sotuvni
oshirish va yaxshilash borasida biznes yuritish bo‘yicha qator
texnikalardir.Bozorga samarali yo‘naltirilganlikni ta’minlaydigan axborot tizimlari
SRM sinfiga oid tizimlar hisoblanadi. Ushbu tizimlar aynan ko‘rsatkich
uchun uzoq muddatli raqobatli ustunlik hisoblangan «sodiq» mijozlar keng
bazasini yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday tizimlar 90 yillarning o‘rtalarida
vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi paytda rivojlanish bosqichida turibdi.
Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra, SRM bu - mavjud va potensial
mijozlar haqida barcha axborot manbalarini integratsiya qilish va
ulardanmaksimal darajada foydalanish imkoniyatidir. Shunday qilib, SRM
texnologiyalari birinchi navbatda, axborot to‘plash, qayta ishlash
vasamarali foydalanish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Mamlakatimizda SRM tizimlar endi ommalashmoqda. Turli
seminarlar, taqdimotlar o‘tkazilmokda, dasturiy mahsulotlar namoyish
etilmoqda. Biroq SRM texnologiyalarniommalashtirish bu aksiyalarda
hozirgacha asosiy e’tibor mijozlar bilan mahsulot va xizmatlarni ilgari
surish, sotish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
uzluksiz aloqa qilish imkoniyatiga, ya’nijarayon faolligiga qaratiladi.
Ushbu faoliyat SRM texnologiyalarning juda muhim elementi hisoblanadi.
Biroq u mijozga yo‘naltirilganlik strategiyasi berishi mumkin bo‘lgan
imkoniyatlarning faqat bir qisminigina amalga oshiradi.
SRM strategiyalarni amalga oshirishda ham tezkor ham strategik
tahlilni ta’minlashi, korxonaning sotuv va marketing sohasida
boshqaruv qarorlari qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash va vaziyatni
baholashi lozim bo‘lgan vositalar ham bundan kam ahamiyat kasb
etmaydi.
SRMtizimlarida bunday vositalar yo‘qligi ularni joriy qilish bo‘yicha
loyihalar muvaffaqiyatsizligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
SRM atamasi bilan qoidaga ko‘ra, nafaqat mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqarish funksiyalaridan iborat bo‘lgan axborot
tizimlarini, balki mijozga yo‘naltirilgan strategiyaning o‘zini ham
belgilanadi.
Xulosa Hozirgi kunda korxonalarning marketing sohasida ixtisoslashgan
dasturiy ta’minoti o‘sib borayotgan ehtiyojlarini faqat SRM tizimlargina
to‘liq darajada qondirishi mumkin. Bunday tizimlarda ma’lumot to‘plash
va qayta ishlash imkoniyatlari dasturlash, statistika va matematika
sohasida mutaxassis bo‘lmagan marketologlarga dasturiy-matematik
vositalardan emas, balki o‘zining bozor borasidagi bilimlaridan
foydalanib, marketing axborotlari sifat tahlilini o‘tkazishga yordam berishi
lozim.
Virusli marketing bu - shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki
ularning reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki
xizmatni tarqatish g‘oyasi bilan «kasallantirali» va uning o‘zi faol reklama
tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u xaqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi
mamnuniyat 6nlan gapirib beradigan, unga yoqadigai reklamadir.
Virusli marketing bu - brend (tovar, xizmat) xaqida xabardorlikni
oshirish uchun mavjul ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing
texnikasi.
Virusli marketing bu e-mailmarketing uchun xos bo‘lgan uslubiy
tamoyillar bo‘lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga
yetkazishini rag‘batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning
eksponensial o‘sishi uchun salohiyat yaratadi. Huddi viruslar kabi, bunday
texnologiyalar uzatilgan xabarlar sonini oshirish uchuy har kanday
imkoniyatdan foydalanadi.