161. Ta’limni moliyalash qanday amalga oshiriladi? A. Respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
V. Respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari va xomiylar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
S. Respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
D.* Respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
162. Bakalavr tayyorgarligining zaruriy darajasi, ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar, o‘quv yuklamasining to‘liq hajmi, amaliy mashg‘ulotlar, tayyorlash sifatining nazorat mexanizmi qaysi xujjat bilan belgilanadi? A. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari bilan
V. Bakalavriatning aniq yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan davlat ta’lim standarti bilan
S. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlari bilan
D.* “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. Asosiy qoidalar” bilan.
163. Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga nimalar topshiriladi jumlani davom ettiring? A. Davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va diplom topshiriladi.
V. Davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
S. Davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
D.* Davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va tegishli ko‘krak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
164. Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari qaysi shakllarda o‘zlashtirilishi mumkin? A. Kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.
V.Kunduzgi, sirtqi, eksternat ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.
S. Kunduzgi, maxsus sirtqi, ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.
D.* Kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.