113. Doktorlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish va uni himoya qilish qaysi tilda amalga oshiriladi? A.* O‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud OAK bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
114. Respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini qaysi organ muvofiqlashtiradi? A.* Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi
115. Har yili qaysi muddatga qadar olimlar, faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan fan doktorlari tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqiladi? A.* 1 maygacha
116. Tavsiya etilgan dissertatsiya mavzulari ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan qaysi kengash ekspertizasidan o‘tkaziladi? A.*Oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida
117. Oliy ta’lim muassasasida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar bilan olib borilgan ish uchun ilmiy konsultantlarga xar bir katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun bir yilda necha soat vaqt ajratiladi? A.* 100 soat
118. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning o‘qish muddati ularning ish stajiga qo‘shiladimi? A.* Umumiy stajiga qo‘shiladi
119. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar qaysi xollarda o‘qishdan chetlatiladi? A.* Yakka tartibdagi rejalar bajarilmaganda, oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ichki tartibi va qoidalari buzilganda
120. Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qigan, biroq dissertatsiya himoya qilmagan shaxsga nimalarga ruxsat berilmaydi? A.* Mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga
121. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday amalga oshiriladi? A.* Qabul kvotalaridan ortiqcha to‘lov-kontrakt asosida