58. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlagandan so‘ng qancha muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim? A.* Ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda
59. Bitiruv malakaviy ishni himoya kilish tartibi qaysi normativ xujjat bilan belgilanadi? A.*O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom bilan
60. Oliy ta’lim muassasalarida kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilishi mumkinmi? A.* Kengash qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin
61. Ozodlikdan maxrum qilish tariqasida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladimi? A.*Qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi
62. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari qanday ta’minotda bo‘ladi? A.* To‘la davlat ta’minotida bo‘ladi
63. Yetim bolalarni, ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish kim tomonidan amalga oshiriladi? A.* Davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun xujjatlariga asosan amalga oshiriladi
64. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Ushbu jumla qaysi xujjatdan olingan? A.* Ta’lim to‘g‘risidagi qonundan
65. Oliy ta’lim ta’lim muassasasida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi talabalarning keltirilgan kontingenti necha nafardan ziyod bo‘lganda kiritiladi? A.* Talabalar kontingenti 1000 nafardan ziyod bo‘lganda
66. OTM Kengashining vakolat muddati necha yil? A.* 5 yil
67. OTM Kengashi o‘z faoliyatini qaysi xujjatga asosan olib boradi? A.* Har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan ish rejasiga
68. OTM Kengashi qarorlari qachon kuchga kiradi? A.* OTM rektori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng
69. Ta’lim olish jarayonida shaxs qanday talablarni bajarishi shart? A.* Davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni