140. OTM Kengashi kotibi tanlov natijalari to‘g‘risida unda qatnashgan shaxslarni qancha muddatda yozma ravishda xabardor qiladi? D.* O‘n kun
141. Oliy ta’lim muasasalarida kimlar tomonidan sinov leksiyalari o‘tkaziladi? D.* Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslar tomonidan
142. Davlat ta’lim standartini bilish....................? D.*Professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlov asosida saralash shartlaridan biri hisoblanadi.
143. Davlat ta’lim standartining amal qilish muddati necha yil? S.* Kamida 5 yil
144. DTSning amal qilish muddati qaysi xollarda o‘zgarishi mumkin? S.*Davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan DTSni ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etish to‘g‘risida yangi tartib-qoidalar qabul qilinganda.
145. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi necha bo‘limdan iborat? S.* 6 ta bo‘limdan
146. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi nima deb nomlangan? D.*Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
147. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin? S.*O‘zbekiston xalqi saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti
148. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Ushbu norma Konstitutsiyaning qaysi moddasida keltirilgan? S.* 16-moddasida
149. Har kim bilim olish huquqiga ega. Ushbu norma qaysi bobda keltirilgan? S.* Ijtimoiy va iqtisodiy xuquqlar bobida
150. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan nimalar qabul qiladi? V.* Qarorlar qabul qiladi.
151. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlislarini birgalikda o‘tkazilishi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? D.*O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda.