163. Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga nimalar topshiriladi jumlani davom ettiring? D.* Davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va tegishli ko‘krak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
164. Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari qaysi shakllarda o‘zlashtirilishi mumkin? D.* Kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.
165. Qaysi hollarda talabalarni o‘quv vaqti hisobiga o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etish man etiladi? D.* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ko‘zda tutilgan vaziyatlardan boshqa hollarda.
166. Kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan talabalarga ishlashga ruxsat beriladimi to‘g‘ri javobni toping? D.* O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida - kunning ikkinchi yarmida mehnat shartnomasi asosida ta’lim muassasasining o‘zida yoki undan tashqari joylarda ishlashga ruxsat beriladi.
167. Nodavlat oliy ta’lim muassasasi prorektori va dekanlari qanday tayinlanadi? D.* Nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan ta’sischi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
168. Oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalishlar bo‘yicha nimalar shakllanadi? D.* Fakultetlar, kafedralar, o‘quv va ilmiy labaratoriyalar, turli bo‘limlar shakllanadi.
169. Oliy ta’lim muassasalarini akkreditatlash tartibi qaysi vakolatli organtomonidan belgilanadi? D.* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan.
170. Magistratura ta’limining davomiyligi ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qancha muddatga uzaytiriladi? A.*Olti oydan kam bo‘lmagan muddatga
171. Magistratura dasturini tugallagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra ta’lim yo‘nalishining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha ........................................ jumlani davom ettiring? D.* “Magistr” darajasi beriladi va tegishli ko‘krak nishoni hamda ilova bilan davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
172. Magistr tayyorgarligining zaruriy darajasi, ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar, o‘quv yuklamasining to‘liq hajmi, amaliy mashg‘ulotlar, tayyorlash sifatining nazorat mexanizmi qaysi xujjatda belgilanad D.* Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. Asosiy qoidalar bilan belgilanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta’lim-tarbiya masalalari” moduli bo‘yicha test topshiriqlari