Innovatsion texnologiyalar Reja: Innovatsion texnologiyalar tushunchasi



Yüklə 49,99 Kb.
səhifə2/6
tarix13.11.2022
ölçüsü49,99 Kb.
#119410
1   2   3   4   5   6
Milli Mustaqil ish

Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat
Birinchi holda amaliy tatbiq etish mahsuloti, ikkinchisida esa, jarayon sifatida baholangan. SHuningdek, mazkur ta’riflarda innovatsiya faqatgina iqtisodiy-texnologik muhit doirasidagi hodisa deb talqin etilgan va innovatsiyaning sotsiomadaniy jihatlari va ularning siyosiy, ijtimoiy, kognitiv va boshqa sohalarda namoyon bo‘lishi e’tibordan chetda qolgan. S.E.Kryuchkovaning fikricha, innovatsiyalar “umumiy ma’noda, inson faoliyati global aspektlarining namoyon bo‘lishi sifatida chiqadi va o‘zining chuqur mazmuniga ko‘ra nafaqat, yangiliklarni yaratish va tarqatish jarayoni, balki, har qanday holatda ham yangilikka daxldor bo‘lgan hayot tarzi, tafakkur uslubini o‘zgartirish kabi hodisalarga ham taalluqlidir”.
I.T.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ularning o‘zaro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi:
- “Kashfiyot, shuningdek, ixtiro ham qoida tariqasida fundamental darajada amalga oshiriladi. Innovatsiya esa, texnologik (amaliy) tartibda yaratiladi
- Kashfiyot yolg‘iz ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin. Innovatsiya esa, jamoa (laboratoriyalar, institut bo‘limlari) tomonidan ishlab chiqiladi va innovatsion loyiha sifatida amaliyotga joriy etiladi.
- Kashfiyotdan foyda olish maqsadi ko‘zlanmaydi. Innovatsiya esa, doimo sezilarli darajadagi foyda olish, xususan, katta pul mablag‘lariga ega bo‘lish, texnika va texnologiyaga qandaydir yangilikni joriy etgan holda mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tan narxini pasaytirishga yo‘nalgan bo‘ladi.
- Kashfiyot tasodifan sodir bo‘lishi mumkin, innovatsiya esa, doimo izlanish natijasi bo‘lib, uni qo‘qqisdan ishlab chiqib bo‘lmaydi. Innovatsiya aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslarni taqozo etadi”.
Ixtiro kashfiyot va innovatsiya o‘rtasidagi o‘ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ma’lum bo‘lmagan hodisalarni aniqlash, innovatsiya bozor talablariga muvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat maxsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik maxsulotlarini ifoda etadi. Mazkur tushuncha “kashfiyot” tushunchasi bilan o‘zaro munosabatda amaliy xarakter, “innovatsiya” tushunchasi bilan esa, aksincha, ilmiy-tadqiqot xarakteriga ega bo‘ladi
Innovatsiyani asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks sado topishda namoyon bo‘ladigan sub’ekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash, maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim, ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy innovatsiyalarning mavjudligi jamiyat va madaniyatning turli makonlarida yuzaga kelgan yangilikka intiluvchanlik xususiyatidan darak beradi. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy sotsiomadaniy voqelikning xarakterli xususiyatidir.
Innovatsiya, eng avvalo, o‘z davri nuqtai nazaridan asoslashni taqozo etadigan murakkab sotsiomadaniy fenomendir. Bundan tashqari, innovatsiya sotsiomadaniy hodisa sifatida o‘z mohiyatiga, nafaqat, zamonaviy madaniyatning barcha tendensiyalarini, balki, u yangilikka yo‘nalgan fenomen sifatida madaniyatning kelajagini ham singdiradi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish,ixtiro” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat.



Yüklə 49,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin