Innovatsion texnologiyalar Reja: Innovatsion texnologiyalar tushunchasi



Yüklə 49,99 Kb.
səhifə4/6
tarix13.11.2022
ölçüsü49,99 Kb.
#119410
1   2   3   4   5   6
Milli Mustaqil ish

Xorijiy mamlakatlar bilan ilm-fan va innovatsiya sohasidagi qo‘shma loyihalar dasturlarini amalga oshirish kengaytirildi. Xalqaro ilmiy hamkorliklar doirasida Germaniya, Rossiya, Turkiya va Belarussiya bilan jami 17,4 mlrd. so‘mlik 44 ta qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 yillar davomida Xitoy, Hindiston, Turkmaniston, Eron, Belorussiya, Rossiya va EAPI (Evroosiyo hamjamiyati) bilan hamkorlik doirasida 79,6 mlrd. so‘mlik 95 ga yaqin xalqaro ilmiy loyihalarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan
Mamlakat iqtisodiyotiga ilmiy hajmdor yangi texnologiyalarni tezkor joriy qilish uchun texnologiyalar transferi amaliyotga kiritildi. O‘zbekistonda ilk marotaba ishlab chiqarilgan birinchi o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) va narkoz-nafas olish apparati (NDA) “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida ishlab chiqarildi va klinik-tadqiqod sinovidan o‘tkazishga topshirildi
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2018-2020 yillarda ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini 95 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga 52,3 mlrd. so‘m yo‘naltirildi. SHu jumladan, Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalariga 44 turdagi asbob-uskunalar xaridi uchun 44,4 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan. Mamlakatda ilk bor startap loyihalar tanlovlarini o‘tkazish tizimli tashkil etildi, ularni boshlang‘ich bosqichida qo‘llab-quvvatlash va bozorga chiqishga tayyorligidan kelib chiqib moliyalashtirish tizimi joriy etildi.
Hududlarda innovatsion ekotizimni shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida yangi innovatsion infratuzulmalar ob’ektlari tashkil etildi. Xususan, Farg‘ona shahrida YOshlar innovatsiya markazi, Urganch davlat universitetida «Xorazm innovatsion texnoparki», Sirdaryo viloyatida «Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazi, Andijon viloyatida «Andijon innovatsion tajriba-sinov maydonchasi», Mo‘ynoqda teletibbiyotga asoslangan “Muynoq telemedicine clinic” innovatsion klinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ohangaron shahridagi «Bolalar texnoparki», Sirdaryoda «Sabzavot va poliz ekinlari ilmiy urug‘chilik stansiyasi», Nukus shahrida DXSH asosida Nukus startap-innovatsiya markazi tashkil etilmoqda. BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida «Innovatsiyalar va boshqaruvda echimlar Laboratoriyasi» tashkil etildi.
Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirus infeksiyasiga chalinganlikni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi. Buning uchun Markazda SARS-Cov-2 virusini aniqlash bo‘yicha maxsus laboratoriya tashkil etildi.
Mamlakatda ilm-fanni va innovatsiyalarni rivojlantirish, yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishga investitsiyalar jalb etish yo‘lga qo‘yildi. Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish maqsadida vazirlik huzurida YOshlar akademiyasi hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilindi.. Jamg‘armaga 3,8 mlrd. so‘m mablag‘lar shakllantirildi, yoshlarning 100 tadan oshik loyihalari amalga oshirilmoqda. 2020-2023 yillarda Respublikamizning 13 ta hududida bosqichma-bosqich «YOshlar texnoparki»ni tashkil etish belgilandi.

Yüklə 49,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin