Innovatsion yechimlarni yechish va ijodiy muammolarni hal qilish ko`nikmalariga o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti mundarija kirish I bob. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari


Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 80,03 Kb.
səhifə5/11
tarix25.11.2023
ölçüsü80,03 Kb.
#134472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Innovatsion yechimlarni yechish va ijodiy muammolarni hal qilish ko`nikmalariga o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti

Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi.

STO` mashg`uloti quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O`quvchilarga o`qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o`rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.
2. Tanlangan asarni o`qituvchining ifodali (ayrim o`rinlarini takrorlab) o`qib berishi.
3. O`quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqea va hodisalarni eslashlari.
4. O`quvchilarning kitobni ko`rib, undan o`qituvchi o`qib bergan asarni topishlari.
5.O`quvchilarga darsdan keyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.
O`quv yili davomidagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshlanish qismida esa hafta davomida o`tilgan darslarning o`quvchilar tomonidan bo`sh o`zlashtirilgan o`rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o`qishning birinchi soatida o`quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.
Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o`qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi:

  1. O`quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajmli kitob bilan tanishtiriladi. O`quvchilar o`qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko`rsatishi va asarni o`qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko`ra , olti yoshlarga ko`rsatiladigan va o`qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli , undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo`lishi kerak.

2. Mashg`ulotda o`qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo`yilishi lozim. Kitob ustida ishlab bo`lingach u sinf kutubxonasiga qo`yiladi. O`quvchilarga bo`sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.
3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o`quvchilarda o`qishga qiziqish uyg`otadi.
4. Sinfdan tashqari o`qish jarayonida nutq o`stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O`quvchilardan savollarga to`g`ri, tushinib va so`zlarni o`rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.
5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga rioya qilish maqsadga muofiqdir:
- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o`qish. Asarning ayrim o`rinlarini yoddan aytish. O`qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay , bir joyda turish.
- O`qituvchi kitobni o`qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko`rsatmasligi kerak. CHunki o`quvchilar diqqati bo`linadi.
- Kitob va undagi rasmlarni o`quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko`rishga sharoit yaratish, o`qiy oladigan ayrim o`quvchilarga ba’zi gap, so`z va bug`inlarni o`qitish ham maqsadga muofiqdir.Tanishtirilayotgan kitob yoki o`qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o`quvchi doska oldiga chiqib o`z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarni ko`rsatishi mumkin.
Mashg`ulot davomida kitobni ko`rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:

  1. kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;

  2. kitob muqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o`qish;

  1. muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko`ra taqqoslash;

  1. kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlovhalarni birma- bir ko`zdan kechirish;

  1. asarga ishlangan rasmlarni sinchiklab kuzatish;

Sinfdan tashqari o`qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g`oyasiga e’tibor berish, o`qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o`qituvchining shaxsiy namunasi muhim o`rin tutadi. Shuning uchun o`qituvchi tayyorgarlik paytida o`qib beriladigan asarni bir necha marta takror o`qib chiqishi , ayrim o`rinlarini yod olishi va mashg`ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur.
Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotining boshlanish qismida o`quvchilar diqqatini to`plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:
- Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o`qituvchi kitobni ko`rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o`qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o`tirasiz. Eshiting…
O`qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o`rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o`qiydi. Ertak o`qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o`quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o`tkaziladi.
Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:
- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so`zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...
Dastlabki paytlarda o`quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so`z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o`qituvchining o`zi yordam berishi lozim.
Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko`rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o`qituvchi hamma o`quvchilarga ko`rinadigan qilib, ko`krak balandligida ushlaydi. Dastlab o`quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko`rsatilib , qisqacha tushuncha beriladi. Agar o`quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo`lsalar , uni eslaydilar. Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo`lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o`qishga harakat qiladilar. (Bu vaqtda hamma harflar o`rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo`lgan ayrim o`quvchilar uni o`qishlari ham mumkin .
O`qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to`xtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o`quvchilar fikri eshitilib , to`ldiriladi. O`quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o`quvchilarga o`qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o`quvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va ko`nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig`i berilib, dars yakunlanadi.
Boshlang'ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg’ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo'shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdir. Huddi dars jarayonida bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o'z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, o'quvchi kundalik hayotining namoyon bo'lishidir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo'yadi. Ularning har biri o'zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o'quvchilar hayoti bilan ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8-mart, Navro'z bayrami, gullar bayrami kabilar.
Mana shunday tadbirlar bevosita o'quvchilarda Vatanga e'tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog'liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo'lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.
O'qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
- tarbiyaviy tadbir o’quvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos bo'lishi lozim;
- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;
- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;
- tadbir orqali boshlangich sinf o’quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o’zaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor.

Yüklə 80,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin