Inson ekologiyasi. Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai-nazar


Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat



Yüklə 8,57 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#140232
1   2   3
1. Aholi sonining o’sishi va atrof-muhit muammolari Atrof-muhit -fayllar.org

4. Ifloslantiruvchi moddalarga nisbatan siyosat.
O’zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning, asosan, tog’oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo’lishiga olib keladi. O’zbekistonda atmosfera havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’ona iqtisodiy hududlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo’yicha ko’rsatkichlari RECHMdan yuqori bo’lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish – monitoring yaxshi yo’lga qo’yilmoqda. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani hollarida to’lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to’g’risida maxsus qonun qabul qilingan.
5. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari.
1. Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda qo’llaniladi. Bu usul, ko’pincha, gazlarni kimyoviy yo’l bilan tozalash deb yuritiladi.
Turli sanoat obyektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV) oksidi, azot (II) oksidi, fenol va boshqalarning havoni ifloslashidan saqlashda kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chiqadigan zararli gazlar tutib qolinadi yoki turli katalizatorlar yordamida zararsizlantiriladi.
2. Fizik usullar guruhi havodagi zararli gaz, qattiq va suyuq, qo’shilmalar – chang, tutun va boshqalarni tozalashda qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlarida atmosferaga iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar guruhi arzon energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib qoladi.
Эътиборингиз учун раҳмат!
http://fayllar.org
Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin