Integratsiya taʼlim jarayoni qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 42,71 Kb.
səhifə6/10
tarix13.12.2022
ölçüsü42,71 Kb.
#120947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Integratsiya taʼlim jarayoni qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida

Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari. Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang‘ich talimni integratsiyalish masalasiga keyingi paytda bir qancha yondoshishlar bo‘ldi: darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o‘qituvchi tomonidan o‘tilishidan to integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirishgacha. Bunga maktab ham, didaktika va metodika ham tayyor emas. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan kurs yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondoshish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda siz faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.
Oxirgi paytda maktab ta’limini integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirildi. Olimlar va amaliyotchi - o‘qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar.
Bir - biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish xarakatlari bo‘lmoqda: masalan matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat, bu yo‘llarning samaradorligi to‘g‘risida chet ellik pedagoglarning ko‘p yillik ishlari natijalari bo‘yicha baholash mumkin integratsiyalangan kurslar chet el maktablari uchun odatiy holga aylangan.
Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat xaqidaga bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishiga ega bo‘lgan integratsiyalangan fanlar jaxon xamjamiyatida o‘kuvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanliga to‘g‘risida xabar beradi. Hozirgi kunda integratsiyaiing bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish.
Shu masaladagi 1988 yilda chop etilgan xalqaro pedagogik tajriba o‘rganishi natijalari juda keng. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish.
Bu savod o‘z ichiga odamlar bilan muloqotdan tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o‘z-o‘zi bilan muloqotdan to atrof-muxitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi. Kursniig maqsadlaridan yana biri o‘zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turlitumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda xukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish.
Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko‘rinishi tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yadi. Bunda kursning ta’limiy kichik maktab o‘quvchilarining kurs bilan parallel ravishda asosiy fanlarni ham o‘rganishlariga hamda o‘rta maktab ta’limida qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Kursning tuzilishi qanday? Kursning integrativligi uning tuzilishiga hos hususiyatlarni belgilab beradi. Yil uchun umumiy bo‘lgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida o‘z rivojini topadi. Shunday qilib kurs asosiga qo‘yilgan (fikrlarning) g‘oyalarning gorizontal harakati amalga oshiriladi.

Yüklə 42,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin