Hozirgi davrda Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga oshirishning zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, muddatli depozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga aytiladi
Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish va Biz intellektual investitsiyani alohida turga ajratish kerak, degan iqtisodchilar fikriga qo'shilamiz. Chunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti juda tez rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual potensial ishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda.

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.