2.O’zbekistonda seleksiya bo’yicha qilinayotgan ishlar
3. Seleksiya faning iqtisodiyotdagi o’rni
.
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik, pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida tajriba va S. st-yalari, ilmiy tadqiqot muassasalari tashkil etila boshladi. 1922-yilda Turkiston seleksiya st-yasi (1965-yildan Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti), 1924-yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1925-yilda Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari) tajriba st-yasi, 1927-yilda Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, 1929-yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932-yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934-yilda Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935-yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti, 1940-yilda Oʻzbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli zonalarida joylashgan keng tarmokli styalari ish boshladi.
Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga moslashishi, yem-xashakdan samarali foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi
Gʻoʻza S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari bilan serhosil va tezpishar navlar yaratish yoʻnalishida olib boriladi. Bunda navlarning sifat belgilariga (kasallik va zararkunandalarga, qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va boshqalar) eʼtibor beriladi. Boshlangʻich material sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni chatishtirish yoʻli bilan olingan populyasiyalardan, radioaktiv nurlanishlar va kimyoviy mutagenlar taʼsirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda geterozis samaradorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi boʻgʻinining yuqori biologikxoʻjalik mahsuldorligidan foydalaniladi. Gʻoʻza S.sida oddiy yoki juft, pogʻonali, duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy (bekkross), murakkab chatishtirish usullari qoʻllaniladi. Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish, bog‘lar barpo etish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish oddiy usulda yetishtirgandan ko‘ra, bir necha marotaba tejamkor va samaralidir. Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ barpo etish uchun “Grapes and Gardens Investment” AJ ga 2020-yilda 151 gektar yer maydoni ajratib berilgandi. Ushbu maydonlarning 100 gektariga intensiv usulda 11 turdagi o‘rik, 50 gektariga 3 xil navdagi gilos ko‘chatlari ekildi. Tajriba tariqasida barpo etilgan ushbu bog‘dagi daraxtlar bugun g‘arq meva solgan.
.
.
XXI - asrda dunyoda juda ko'plab ekologik muammolar avj olgan davr bo'lib kelmoqda.Ekologik muamolar tufayli bugungi kunda turli xil tabiiy muamolar avj olmoqda shu sababli ham qishloq xo'jaligiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmayapti albatta.Bugungi kunda qishloq xo'jaligida asosan quydagi muammolar paydo bo'lmoqda global isish ,suv resurslariga bo'lgan talab ortishi, ekinga turli xil zarar kunandalarning zarar yetkazishi ,yerlarning turli darajada haddan ziyod sho'rlanishi,unumdor tuproqlarning eroziyaga uchrashi bundan tashqari turli xil muamolar tufayli qishloq xo'jaligi zarar ko'rmoqda bunga asosiy sabab esa ekologiyaning buzilishi sabab bo'lmoqda ekologiya buzilishiga esa insonlarning tabiat resurslaridan haddan ziyod ko'p hamda samarasiz foydalanishi. Shu sababdan ham yangi bog'larni shaklantirish maqsadga muvofiq bo'ladi albatta. Agarda bizlar bugungi kunda yuqori samaradorlikka ega bo'lga intensiv bog'lar to'g'risida to'xtalib o'tadigan bo'lsak zamonaviy intensiv bog'larda ilg'or agrotexnika tadbirlarini qo'llash natijasida mevani saqlashligi to'liq bartaraf etilgan. Hosildorlik ham oldingi intensiv bog'lardan 1.5-1.7 barobar yuqoriroq hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bugungi kundagi intensiv bog'lar mevasi eksport bop mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari O'zbekiston sharoitida bunday bog'lar ko'pi bilan 3-5 yilda sarflangan xarajatlarni qoplab bir necha yil sof daromad manbayiga aylanishi ham tajribalarda sinab ko'rilgan. Agarda intensiv bog'larni tashkil qilishda qo'yiladigan talablar to'g'risida to'xtalib o'tadigan bo'lsak past va pakana bog'lar ekilgan yerda chuchuk yer osti suvi 1.5-2 m va minerallashgan yer osti suvi 3-3.5 m yaqin bo'lmasligi lozim .Daryolarda yaqin bo'gan yerlarda esa yer osti suvi sathi 1.01.2 m bo'lsa ham bo'ladi faqatgina ularning tuproq tarkibida zararli (xlorid va sulfat ) tuzlardan holi bo'lishi lozim.