Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə106/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Fonetik vositalar
1. Badiiy uslub vositasi …
A) tovush va harf B) ohang va urg‘u C) urg‘u va bo‘g‘in D) A va C
2. Nutqiy g‘alizlikka yo‘l qo‘yilgan gaplar qatorini toping.
A) Bu masala fanda ham kam tekshirilgan. B) Ko‘k qo‘rig‘in quchg‘usi. C) Shundan bugun u o‘tgan izsiz. D) A, B, C
3. Urg‘usi bilan farq qiluvchi so‘zlar qatorini aniqlang.
A) oting, chog‘lar B) bog‘lar, shaharcha C) qo‘llar, tilim D) A, B, C
4. Urg‘usi noto‘g‘ri qo‘yilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) obráz, bótinka, ekskavatór B) konsért, morfológiya, gorizont C) tráktor, kombáyn, avtomát D) barchasida urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilgan
5. Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin so’zlar qatorini toping.
A) ilm, olim, muallim B) fikr, tafakkur, mutafakkir C) muhr, mohir, mahorat D) A, B
Kelishik qo‘shimchalari va ularning uslubi
1. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Sen bahorni sog‘inmadingmi? B) Bizning qamishkapaga Do‘stmatovdek ilmli odam hech qachon kelgan emas. C) Har bir so‘z zamirida inson nomi gavharday saqlanadi. D) Samarqand borar bo‘lsam, Ulug‘bekka bosh egaman.
2. Jo‘nalish kelishik qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Yuzta davlat tan olibdir O‘zbekistonim bugun. B) Samarqand borar bo‘lsam, Ulug‘bekka bosh egaman. C) Odamga saxovat yaxshidur: besaxovat boy suvsiz ariqqa o‘xshar. D) B va C
3. Kelishik qo‘shimchasi xato qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Bu xazinadan odamlarga ulashaylik, ular shahar – qishloqlardan ko‘chatlar keltirishsin. B) Karvon kuni bilan dashtni kezib yurdi. C) Shahrimizni bir chetidan yer ajrataylik, o’sha yerga mevali ko’chatlar o’tqazaylik. D) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan rahbarlarni ayovsiz tanqid qilish zarur.
4. Tushum kelishigi o‘ta mavhumlikni, ish-harakatning o‘tishini umuman ko‘rsatsa…
A) tushib qoladi B) belgili qo’llanadi C) belgisiz qo’llanadi D) A, C
5. Tushum kelishigi qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumlari bilan turlanganda doimo belgili qo‘llanadi?
A) olmosh, otlashgan so‘z, fe’l B) olmosh, otlashgan so‘z, son, sifat C) ravish, son, sifat, ot D) otlashgan so‘z, ravish, ko‘makchi
6. Qanday holatda tushum kelishigi o’rnida haqida, to’g’risida ko’makchilarini qo’llash mumkin?
A) o‘timli fe’l xabar bildirsa, ruhiy-psixik jarayonlar bilan bog‘lansa B) tushum kelishigi ish-harakatning o’tishini umuman ko’rsatsa C) tushum kelishigi aniq bir shaxs yo narsaga tushsa D) tushum kelishigi fe’lning sifatdosh shakliga qo’shilsa
7. O‘timli fe’l qaysi nisbatda qo‘llanganda, otdagi -ni qo‘shimchasi o‘z-o‘zidan tushib qoladi?
A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat C) majhul nisbat D) orttirma nisbat
8. Tushum kelishigi qo‘shimchasi qaysi kelishik qo‘shimchalari bilan sinonim bo‘la oladi?
A) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari B) o‘rin-payt va qaratqich kelishiklari C) jo‘nalish, qaratqich kelishiklari D) faqat chiqish kelishigi
9. Qaysi qatordagi ko’makchini kelishik bilan almashtirish mumkin?
A) Bugungi yig‘ilishda ko‘proq kamchiliklar to‘g‘risida gaplashib olishdi. B) Va lekin omiy tabibkim, erur shogirdi jallod, ul tig’ bila, bu zahar bila qilg’uvchi halok. C) O‘sha shaxmatchi o‘quvchi haqida o‘yladik. D) A va C
10. Kelishik qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchi qo’llash mumkin bo’lgan qatorni ko’rsating.
A) Inson farzandiga pokizalikdan ulug‘ baxt bormi? B) Tuyaning ustidan turib, pichan o‘rib bo‘lmaydi. C) Biz sizlarni gazetaning sharhi bilan tanishtirdik. D) Men seni qutlayman shu ulug‘ damda, Ulug‘ yelkadoshim – muzaffar hayot.
11. Qaysi gap tarkibidagi tushum kelishigi o’rnida jo’nalish kelishigini almashtirib qo’llash mumkin?
A) Karvon kuni bilan dashtni kezib yuribdi. B) Men senga tushunaman. C) Shirin otni mindi. D) Mehmon choyni bir ho’pladi-da, yana so’zida davom etdi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin