Tilshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati
Fonetika 1. Tovushlarning paydo bo‘lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati tilshunoslikda qanday atama bilan yuritiladi?
A) ohang B) artikulatsiya C) urg‘u D) fonema
2. So‘zlarning talaffuzida havo oqimining bo‘linishi …
A) bo‘g‘in deyiladi B) urg‘u deyiladi C) fonema deyiladi D) ohang deyiladi
3. Dissimilatsiya bu - …
A) bir tovushning yon tovushga moslashishi B) so‘zlarning talaffuzida havo oqimining bo‘linishi C) yonma-yon kelgan tovushlarning o‘rin almashishi D) ikki xil o‘xshash tovushning o‘zaro ta’sirida boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi
4. Fonema nima?
A) tovush, so‘z, gaplarning og‘zaki nutqdagi talaffuzi B) ma’no anglatishdagi ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi C) harflar, tovushlarning ma’lum tartibda joylashgan harfiy ifodasi D) tovushlarning nutqdagi ifodasi
5. Assimilatsiya usulidagi tovush o‘zgarishi yuz bergan so‘z qatorini ko‘rsating.
A) ottan, yurakka B) ushta, maxtanmoq C) dayro, turpoq D) zaral, sallot
6. Tilshunoslikning fonetika bo‘limiga tegishli atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A) dissimilatsiya, jargon, ohang B) juft so‘zlar, bo‘g‘in, negiz C) fonema, tutuq belgisi, urg‘u D) ohang, atamalar, paronim
Leksikologiya 1. Leksik dubletlar keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A) katta-kichik, oq-qora B) gado-gadoy, gazmol-gazlama C) otalik-otaliq, shoh-shox D) qozon-tovoq, non-choy
2. M.Koshg‘ariyning asarlarida uchraydigan ayog‘ so‘zining ma’nosi keltirilgan javobni toping.
A) oyoq B) laqab C) qadah D) ayamoq
3. So‘zlarning kelib chiqishini, tarixini o‘rganuvchi ta’limot qanday nomlanadi?
A) semasiologiya B) leksikografiya C) etimologiya D) artikulatsiya
4. Jargon nima?
A) biror ijtimoiy guruhga xos so‘zlar B) shaklan turli xil, mazmuni bir-biriga yaqin so‘zlar C) man etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlar D) ma’lum katta yoki kichik hududda yashovchi aholining o‘ziga xos so‘zlari
5. Majoziy ma’no yana qanday nom bilan yuritiladi?
A) polisemiya B) geprbola C) metafora D) epitet
6. Narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan so‘z …
A) sifatlash B) ko‘p ma’noli so‘z C) dublet D) qo‘shma so‘z
7. Tabu nima?
A) birdan ortiq o‘zakli so‘zlar B) boshqa tillardan olingan so‘zlar C) man etilgan aynan aytilmaydigan so‘zlar D) bir kasb yoki hunarga xos so‘zlar