Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə121/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Morfologiya
1. Teng bog‘lovchilar berilgan qatorni toping.
A) lekin, yoki, toki B) hamda, dam-dam, yoxud C) chunki, go‘yo, garchi D) bilan, biroq, agar
2. Kelishiklar qaysi so‘z turkumlariga qo‘shilib, ularning ot yoki fe’l bilan grammatik ma’nosini va aloqasini ifodalaydi?
A) ot, sifat, son, olmosh, ravish B) ot, otlashgan so‘z C) ot, olmosh, otlashgan so‘z D) ot, sifat, son, ravish, olmosh, va otlashgan so‘z
3. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lga to‘g‘ri izoh berilgan?
A) fe’l bo‘lmagan so‘zlarga qo‘shilib, harakatning ma’lum zamon yoki maylda bajarilishini ifodalovchi so‘zlar B) asosiy fe’lga qo‘shilib, harakatni turli tarzda bo‘lishini ifodalovchi so‘zlar C) fe’l bo‘lmagan so‘zlarga qo‘shilib, qo‘shma fe’l hosil qiluvchi so‘zlar D)
asosiy fe’llardan oldin kelib, harakatning turli tarzda bo‘lishini ifodalovchi so‘zlar
4. Meniki, uniki kabi so‘zlar olmoshning qaysi ma’no turiga tegishli?
A) kishilik olmoshi B) egalik olmoshi C) ko‘rsatish olmoshi D) bu so‘zlar olmosh turkumiga mansub emas
5. So‘zlarning grammatik ma’nosini yuzaga keltiruvchi qo‘shimchalar…
A) turlovchi qo‘shimchalar B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) tuslovchi qo‘shimchalar D) shaxs-son qo‘shimchalari
6. So‘zlar ma’nosi va grammatik xususiyatiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 12
7. Morfologiyaga oid atama berilgan qatorni toping.
A) kirish so‘z, so’z turkumlari, qo‘shimchalar B) negiz, morfema, to‘liqsiz fe’l C) bo‘g‘in, ko‘p ma’noli so‘zlar, harakat nomi D) bog‘lovchilar, negiz, undalma

Sintaksis
1. Qo‘pol, beodob, noqulay so‘zlar va so‘z birikmalarini so‘zlashuv tiliga xos qulay so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirish tilshunoslikda qanday atama bilan yuritiladi?
A) idioma B) tabu C) evfemizm D) artikulatsiya
2. Qaysi qatorda idioma so‘ziga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) o‘z asl ma’nosidan uzoqlashgan so‘z va so‘z birikmasi B) so‘z va iboralarning ma’lum gapda qo‘llanishi C) narsa yoki tabiat hodisalarining xususiyatlarini tasvirlash uchun ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan so‘zlar D) biror ijtimoiy guruhga xos so‘zlar
3. Ikki va undan ortiq so‘zlarning mazmunan va shaklan birikishi…
A) qo‘shma so‘z deyiladi B) uyushiq bo‘lak deyiladi C) so‘z birikmasi deyiladi D) juft so‘zlar deyiladi
4. Sintaksisga oid atamalar qatorini toping.
A) imlo, urg‘u, o‘zlashgan so‘zlar B) morfema, ega, kirish so‘z C) ajratilgan bo‘lak, so‘z birikmasi, undalma D) bo‘g‘in, so‘z, harakat nomi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin