Mustaqil so‘z turkumlari
1. Sifat turkumiga mansub so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) befoyda, mardlarcha, uzun B) mardlarcha, chiroyli, o‘tir C) ohista, o‘tir, shirin D) chiroyli, befoyda, uzun
2. 1) ko‘z; 2) o‘tir; 3) buyuk; 4) borma; 5) uchovlon; 6) qani; 7) uyqu; 8) har narsa. Yuqorida qaysi turkumga oid so‘z umuman berilmagan?
A) ot B) son C) olmosh D) ravish
3. Qaysi qatordagi gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan?
A) Xadicha xola xiyla o‘ylanib turdi. B) Men darvozaning oldida ancha turib qoldim. C) Kechqurun Siddiqjonni ko‘rgani bolaligidagi o‘rtoqlaridan biri keldi. D) U O‘rmonjonga, Bo‘taboyga, Kanizakka ko‘pdan-ko‘p salom aytdi.
Yordamchi so‘z turkumlari
1. Faqat bog‘lovchilar berilgan qatorni toping.
A) basharti, go‘yo, shuning uchun B) nahotki, agar, shuning uchun C) agar, hatto, mayli D) qadar, sari, balki
2. Ko‘makchilar berilgan qatorni ko‘rsating.
A) nahotki, boshqa, orqali B) basharti, qadar, keyin C) boshqa, orqali, qadar D) hatto, sari, orqali
Undov, taqlid va modal so‘zlar
1. Faqat taqlid so‘zlar berilgan qatorni ko‘rsating.
A) eh, g‘ir-g‘ir, taqir-tuqur, shekilli B) ehtimol, ofarin, evoh, yalt-yult C) g‘ir-g‘ir, taqir-tuqur, yalt-yult D) eh, g‘ir-g‘ir, shekilli
2. Faqat undov so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) eh, ofarin, evoh B) hoy, afsuski, yalt-yult C) hoy, duv-duv, beh-beh D) beh-beh, qars-qurs, evoh
3. Akramning xayolini mototsiklning “pat-pat”i buzib yubordi. Ushbu gap tarkibidagi taqlid so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi B) ega C) kesim D) to‘ldiruvchi
4. Yo‘lkaning oxirida milt-milt yongan shu’la ko‘rinardi. Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so‘zning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi B) ega C) hol D) to‘ldiruvchi
Olmoshning ma’no turlari
1. O‘sha, hech qayer, o‘zlari, sen, nega, bari, har kim, qanaqa, hech bir. Yuqoridagi olmoshga oid so‘zlar orasida olmoshning qaysi turi berilmagan?
A) kishilik B) belgilash C) gumon D) bo‘lishsizlik
2. U kishidan bir gap chiqadi. Berilgan gapda olmoshning qaysi turi qo‘llangan?
A) ko‘rsatish B) kishilik C) belgilash D) kishilik va gumon
3. Kishilik va ko‘rsatish olmoshi (u) o‘zaro qanday farqlanadi?
A) qanday so‘roqqa javob bo‘lishiga ko‘ra B) gapda qaysi bo‘lakka bog‘lanib kelishiga ko‘ra C) qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelishiga ko‘ra D) barcha javoblar to‘g‘ri
4. Siz meni qandaydir sirli odam deb o‘ylayapsiz. Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari qo‘llangan?
A) o‘zlik, gumon B) kishilik, belgilash C) kishilik, gumon D) kishilik, ko‘rsatish, gumon
Dostları ilə paylaş: |