Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə19/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Ravishning ma’no turlari
1. Faqat o‘rin ravishlari berilgan qatorni toping.
A) uzoqda, kecha, unda-bunda B) unda-bunda, olg‘a, yuqoriga C) endi, uzoqda, to‘g‘riga D) to‘satdan, yuqoridan, g‘oyat
2. Qaysi qatordagi gapda ravish ishtirok etmagan?
A) Xadicha xola xiyla o‘ylanib turdi. B) Indamasdan qo‘rqish kerak. C) Bir zamon eshik g‘iyq etib ochildi-yu, Hamro bosh suqib mo‘raladi. D) To‘lagan aka indamasdan chiqib ketdi.


Ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn
1. Bunday matnda so‘zlarning ko‘chma ma’nolaridan, tilning tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi. Ushbu xususiyat qaysi matn turiga mansub?
A) ma’lumotnoma matni B) ijodiy matn C) ijodiy-tavsifiy matn D) tavsifiy matn
2. Qaysi uslub ijodiy-tavsifiy matnning bir ko‘rinishi hisoblanadi?
A) ilmiy B) ilmiy, publitsistik C) ilmiy, publitsistik, badiiy D) ilmiy, publitsistik, badiiy, rasmiy-idoraviy
Insho – ijodiy mehnatning oliy ko‘rinishi
1. Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi?
A) ma’nosiga ko‘ra B) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra C) didaktik maqsadlara ko‘ra D) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra
2. Sinfda yoki uyda o‘quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratilgan insho turini aniqlang.
A) ta’limiy insho B) badiiy insho C) sinov insholari D) ilmiy insho
Insho turlari
1. Arabchadan tarjima qilganda “yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nolarini beradigan so‘zni ko‘rsating.
A) dars B) bayon C) matn D) insho
2. Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) adabiy, erkin B) adabiy, adabiy-ijodiy C) adabiy, sinov, erkin D) A va B
Adabiy va adabiy-ijodiy mavzulardagi insholar
1. Qaysi qatordagi mavzu adabiy-ijodiy insho mavzusi bo‘la oladi?
A) “Alpomish” dostonida qahramonlik tasviri. B) Qodiriy – tarixiy romanlar ustasi. C) “Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim. D) “Mehrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi.
2. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho…
A) adabiy insho B) erkin insho C) adabiy-ijodiy insho D) ijodiy insho

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin