Sodda kesim va murakkab kesim 1. Qaysi qatorda sodda kesim berilgan?
A) Ayozli kunlar asta-sekin o‘tib borayotir. B) Bolalar yo‘g‘on archa yonida to‘xtadilar. C) Bu hovlining teng yarmi mevazor edi. D) Uchrashuv qiziqarli bo‘ldi.
2. Murakkab kesim ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Ayozli kunlar asta-sekin o‘tib borayotir. B) Uchrashuv qiziqarli bo‘ldi. C) Paxta va pilladan yurt bezanadi. D) A, B
3. Qaysi qatorda murakkab fe‘l kesimli gap berilgan?
A) Taftishchi butun sirni ochib tashladi. B) Nega bu yerga tariq sepayapsan? C) Nazirjonning kelishi jumboqni yechdi. D) Butun guruhimiz astoydil ishladi.
4. Tarkibida murakkab kesim mavjud bo‘lmagan gapni belgilang.
A) Ukam a‘lochi bo‘ldi. B) Mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. C) Berilgan gaplardagi barcha kesimlar murakkab kesim hisoblanadi. D) Rais xonada o‘tirganlarga bir-bir qarab qo‘ydi.
5. Qaysi qatordagi gapda murakkab kesim qo‘llanmagan?
A) Vazifani o‘z vaqtida bajarish zarur. B) Mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. C) Vatan sajdagoh kabi muqqadas ekanligini unutmaslik kerak. D) Ma‘naviyat insonga havodek, suvdek zarur.
Murakkab ot kesimlarning tuzilishi 1. Murakkab ot kesimlar qanday hosil bo‘ladi?
A) otlarga bog‘lama vazifasida kelgan yordamchi fe’lning qo‘shilishi orqali B) sifat va ravishlarga to‘liqsiz fe’lning qo‘shilishi orqali C) fe’ldan boshqa so‘z turkumlarining kesim vazifasida kelishi orqali D) A, B
2. Murakkab ot-kesim ishtirok etmagan gap berilgan qatorni toping.
A) Boshqa xonada bolalar uxlab qolishibdi. B) Sizga aytmoqchi bo‘lgan gapim shu edi. C) Hammasini aytib berishingiz darkor. D) Akam talaba bo‘ldi.
3. Bog‘lamalar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘shilib, kesimni shakllantiradi B) mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi C) fikrni izchil va aniq ifodalash uchun yordam beradi D) barcha fikrlar to’g‘ri
4. Bog‘lamalar berilgan qatorni toping.
A) bo‘l, qil, edi, ekan B) edi, sana-, bo‘l C) berilganlarning barchasi to’g’ri D) emish, hisoblan-, sana-
5. Murakkab ot kesim qatnashmagan gapni toping.
A) Men kutib olishim kerak. B) Akam talaba bo‘ldi. C) Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. D) barcha gapda murakkab ot kesim ishtirok etgan.